2025 yil O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Osiyo yoshlar o‘yinlariga mezbonlik qiladigan davlat nomi o‘zgardi. Bu haqda Osiyo Olimpiya kengashi Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
«Osiyo Olimpiya kengashi O‘zbekiston mezbonligida Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Yoshlar o‘rtasidagi 3-Osiyo o‘yinlari 2025 yilda Bahraynda o‘tkazilishini ma’lum qiladi. Bugun, 2 dekabr kuni o‘tkazilgan tashkilot ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida bu haqdagi qaror qabul qilindi», - deyiladi Osiyo Olimpiya kengashi rasmiy axborotida.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi va «Toshkent-2025» Osiyo o‘yinlari direksiyasi direktori Oybek Kasimov Osiyo Olimpiya kengashining bu qaroriga hozircha rasmiy munosabat bildirgani yo‘q.
Yoshlar o‘rtasidagi yozgi Osiyo o‘yinlari 43 ta xorijiy mamlakatdan, kamida 9 ta sport turidan 14-17 yoshli sportchilar o‘rtasida o‘tkazilishi rejalashtirilgandi.
Ma’lumot uchun, birinchi yoshlar o‘rtasida yozgi Osiyo o‘yinlari 2009 yilda Singapurda, 2013 yilda Nankin (Xitoy), 2017 yilda Xambantotada (Shri-Lanka), o‘tkazilgan bo‘lsa, 2021 yilda Shantau (Xitoy), 2025 yilda Toshkentda o‘tkazilishi belgilangandi.
Eslatib o‘tamiz, 2030 yilgi Osiyo o‘yinlari mezbonligi uchun O‘zbekistonning Toshkent va Samarqand shaharlari ham da’vogarlik qilishi rejalashtirilgan edi. Ammo O‘zbekiston 2030 yilgi Osiyo o‘yinlari mezbonligi uchun ariza topshirmagandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Suriya prezidenti Bashar Asad murakkab vaziyatga izoh berdi
Qon bosimini qanday qilib doim me’yorda ushlab turish mumkin?
AQSH Gruziya bilan strategik hamkorlikni to‘xtatdi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov KXDR rahbari bilan uchrashdi
Qaysi navli mandarinlar eng shirin bo‘ladi?
Ukrainalik askarlar Rossiya bilan muzokaralar olib borishni istashmoqda
Erdo‘g‘on BMTni isloh qilishga chaqirdi