date

Osiyo chempionati. Mujibillo Tursunov kambek evaziga finalga chiqdi!

Osiyo chempionati. Mujibillo Tursunov kambek evaziga finalga chiqdi!
Ayni vaqtda Tailandning Chiang May shahrida kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda.

Bugungi kun doirasida, 67 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Mujibillo Tursunov mezbonlar bokschisi Bunjong Sinsiri bilan o‘zaro jang qildi. Dastlabki raundda raqibiga imkoniyat berib qo‘ygan Mujibillo 3-raundda barchasini o‘z foydasiga o‘zgartirib yubordi.

Tailandlik sportchi jarohati tufayli jangni davom ettira olmadi va g‘alaba hamyurtimizga berildi.

Endi bokschimiz finalda Qozog‘iston vakili Bekbauov Dulat bilan bahs olib boradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Osiyo chempionati. Mujibillo Tursunov kambek evaziga finalga chiqdi!