
“Manchester Siti” harchand urinmasin so‘nggi pallada g‘alabali seriya namoyish qila olmayapti. Angliyaning amaldagi chempionlari mag‘lubiyatlar va duranglar to‘riga ilinib qolgan.
Xosep Gvardiola jamoani murakkab vaziyatdan olib chiqish yo‘lini bilishini va buning uchun nimalar kerakligini aytib o‘tdi.
- Yechimni sizlar ham bilasizlar. Menga safdan chiqqan o‘yinchilarimni qaytarib bering va biz yana zo‘r o‘ynaymiz. Lekin ayni paytda buning hech qanday imkoni yo‘q. Bu holat uzoq vaqt davom etadi, deb o‘ylayman.
Biz o‘yinchilardan ko‘p narsa talab qilyapmiz. Hamma aqlbovar qilmas darajada mehnat qilyapti, bunaqasini avval ko‘rmaganman.
Lekin haqiqat shuki, hozirgi paytda rotatsiya uchun o‘yinchilarimiz kam. O‘tgan mavsumlarda trebl kabi natijalarga yaqin kelganimizda barcha shogirdlarim kurashga tayyor edi, - dedi Xosep Gvardiola. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar