Jamoasini ketma-ket ikki yil chempion qilgan hamyurtimiz iste’foga chiqdi

Jamoasini ketma-ket ikki yil chempion qilgan hamyurtimiz iste’foga chiqdi
“Abdish Ata”ni Qirg‘iziston premer-ligasida ketma-ket ikki yil chempion qilgan o‘zbek murabbiyi Islom Ahmedov rasman iste’foga chiqdi. O‘rtadagi shartnoma nihoyasiga yetgandi va ikki tomon o‘zaro kelishgan holatda bitimni uzaytirmaslikka qaror qildilar.

Islom Ahmedov yakuniga yetgan mavsumda Qirg‘iziston professional futbol ligasi hamda Qirg‘iziston futbolining eng yaxshi murabbiyi sifatida e’tirof etildi.

Hamyurtimiz boshchiligida “Abdish Ata” klubi ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishdi, jamoani Osiyo maydonlariga olib chiqdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar