date
views 85

Jahon chempionatida sovrindor bo‘lgan og‘ir atletikachilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi

.Jahon chempionatida sovrindor bo‘lgan og‘ir atletikachilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi
Xabaringiz bor, Bahrayn poytaxti Manama shahri mezbonlik qilgan kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 3 ta oltin, 1 ta kumush hamda 2 ta bronza, jami 6 ta medalga ega chiqishdi. E’tiborlisi, erkaklar terma jamoamiz ushbu natija orqali 70 ga yaqin mamlakati ishtirok etgan dunyo birinchiligida umumjamoa hisobida kuchli uchlikda yakunladi.

Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida sportchilar Sport vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov, O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi rasmiylari, OAV vakillari va sportchilarning yaqinlari tomonidan tantanali ravishda kutib olindi.

Eslatib o‘tamiz, Manamadagi jahon chempionatida -89 kg vazn toifasida Sarvarbek Zafarjonov dast ko‘tarishda bronza medalni, -81 kg vazn toifasida Muhammadqodir Toshtemirov dast ko‘tarishda bronza va ikkikurash yakunlariga ko‘ra kumush medalni, -109 kg vazn toifasida Sharofiddin Amriddinov dast ko‘tarishda oltin hamda xuddi shu vazn toifasida Ruslan Nurudinov siltab ko‘tarishda va ikkikurashda oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jahon chempionatida sovrindor bo‘lgan og‘ir atletikachilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi