O‘ta og‘ir vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni Ruslan Chagaev rasman sport olamidagi faoliyatini tugatayotgani haqida xabar berdi. Bu haqda “Ntv” xabar bermoqda.
Bokschining qarori haqida uning sobiq menejeri Timur Dugazaev OAVga ma’lumot berar ekan, ushbu qaror Chagaevning salomatligidan kelib chiqib qabul qilinganini aytdi.
“Ruslan sport olamidagi faoliyatini ko‘rish qobiliyatining pasayishi munosabati bilan tugatdi. Biz unga Lukas Braun bilan chiroyli xayrlashuv jangi o‘tkazishni taklif qildik, buni uyushtirib bera olardik. Biroq Ruslan salomatlik jangdan azizroq, degan fikrda bunga rozi bo‘lmadi”, deydi Dugazaev.
Ma’lumot uchun, hamyurtimiz Ruslan Chagaev 1978 yilning 19 oktyabrida Andijonda tug‘ilgan. Oilali, turmush o‘rtog‘i Viktoriya shifokor. Ularning Artur va Alan ismli o‘g‘illari bor. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Isroilning Iordaniyadagi elchixonasi yonida otishma yuz berdi
Tayvanning sobiq prezidenti Ukraina borasida kutilmagan bayonot berdi
Shahram G‘iyosovning Eymantas Stanionisga qarshi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi
O‘zbekistonda 1 dekabrdan uy-joyni ta’mirlash uchun kreditga arizalar qabul qilinadi
Milliy tibbiyot markaziga O‘zbekiston Davlat Standarti milliy sertifikati topshirildi