09:36 / 24.12.2024
11

Mag‘lubiyatlardan charchagan Gvardiola asosiy tarkibning yarmidan voz kechdi

Mag‘lubiyatlardan charchagan Gvardiola asosiy tarkibning yarmidan voz kechdi
“Manchester Siti” inqirozdan chiqa olgani yo‘q. “Shaharliklar” so‘nggi 12 ta uchrashuvdan faqat bittasida g‘alaba qozongan, to‘qqizta to‘qnashuvda raqib jamoa qo‘li baland keldi.

Futbol jurnalisti Gilem Balage “Manchester Siti” rahbariyati tarkibda katta o‘zgarish qilishi haqida ma’lumot tarqatdi. Manbaga ko‘ra, 2025 yilda tarkib teng yarmiga yangilanadi.

- “Manchester Siti” boshlang‘ich tarkibning besh-oltita o‘yinchisidan voz kechishga qaror qildi. Ularning o‘rni yangi ijrochilar bilan to‘ldiriladi. Yarim jamoa o‘zgartiriladi. Bu eski davrning barham topishi va yangisining boshlanishi bo‘ladi, - deb yozdi Gilem Balage.

Avvalroq, bosh murabbiy Xosep Gvardiola jamoani inqrozdan olib chiqish imkonini topa olmayotganini, futbolchilar bor imkoniyatlarini ishga solayotganini ta’kidlagan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mag‘lubiyatlardan charchagan Gvardiola asosiy tarkibning yarmidan voz kechdi