“Lans” kashfiyotiga aylangan Abduqodir Husanov Yevropaning qator klublari nishonida turibdi. Qishki transferlar oynasi ochilishi bilan o‘zbek futbolchini qo‘lga kiritish uchun kurash yana avjiga chiqadi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 20 yoshli himoyachiga “top-5” ligalarining barchasidan da’vogar klublar bor. “Lans” rahbariyati yanvarda o‘yinchi sotib, moliyaviy muammolarini bartaraf etishga majbur ekanini ta’kidlamoqda.
Fransiya chempionatida Abduqodir Husanovga bir necha oydan beri “Pari Sen-Jermen” va “Marsel” da’vogarlik qilmoqda.
“Marsel” klubi faoliyatini yoritib kelayotgan ekspertlar va manbalar o‘zbek futbolchisi atrofidagi vaziyatni tahlil qilib bormoqda. Xususan, coeurmarseillais.fr sayti marselliklarning qishki transferlar vaqtidagi rejalari haqida ma’lumot tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, ushbu jamoa yanvarda to‘rtta yangi o‘yinchi olishni rejalashtirgan. Bosh murabbiy Roberto De Dzerbi himoya markazi va ikki qanotiga himoyachilar, shuningdek, hujumni kuchaytiradigan kreativ futbolchi kerakligini ta’kidlamoqda.
Marselliklar himoyaning istalgan nuqtasida o‘ynay oladigan Abduqodir Husanov yordamida bir necha muammoni bartaraf etishni ko‘zlayotgan edi. Biroq “Lans” yulduzi atrofida yuzaga kelgan raqobat “Marsel”ni o‘zbek futbolchisi bo‘yicha rejalarini o‘zgartirishga majbur qilmoqda.
- “Olimpik Marsel” qishki transferlar davrida himoya chizig‘ini mustahkamlashga bel bog‘lagan edi. Endi ular asosiy transfer nishonlaridan biri Abduqodir Husanovni unutishlariga to‘g‘ri keladi.
“Lans”dan o‘zbek o‘yinchisiga yangi jamoa topish topshirig‘ini olgan taniqli futbol agenti Jorje Mendesh Husanovni Angliya Preme-ligasiga jo‘natish uchun bor imkoniyatlarini ishga solmoqda.
“Tottenxem” va “Nyukasl”ga agar Abduqodir Husanov kerak bo‘lsa, tezroq harakat qilish kerakligini ta’kidlashdi. Chunki “Lans” yanvarda Kevin Dansoga birinchi bo‘lib xaridor topsa, keyin o‘zbek futbolchisini qo‘yib yubormaydi.
Abduqodir Husanov “Marsel” nishonida turganiga qaramay, bu jamoadan ancha uzoqlashib bormoqda, - deb vaziyatga oydinlik kiritdi TBR Football eksperti Marvan Belkasem.
The Telegraph nashrining ma’lum qilishicha, “Lans” Abduqodir Husanov transferidan 30 million yevro ishlab olishni rejalashtirgan.
- “Lans” 2023 yilning yozida 100 ming yevroga transfer qilgan Abduqodir Husanov joriy mavsum boshlanganidan beri o‘z o‘yinlari bilan hammani hayratga solyapti. 20 yoshli himoyachi “Marsel” va PSJdan tashqari, ko‘plab xorij klublarini o‘ziga qaratgan.
Angliya Premer-ligasining “Tottenxem” va “Nyukasl” kabi klublari bu transferni yanvarda amalga oshirmoqchi. “Lans”ga pul kerak va klub angliyaliklarning taklifini rad etolmasligi mumkin. “Marsel” qishda Angliya klublari bilan raqobatga kirisha olmasa, Husanovni to‘liq qo‘ldan chiqaradi, chunki yozda himoyachining narxi bundan-da baland bo‘ladi, - deb yozdi The Telegraph.
Demak, Abduqodir Husanov atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib boramiz. Yanvarda futbolchimiz faoliyatida o‘zgarish bo‘lib qolish ehtimoli katta. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Alisher Usmonov urush boshlanganidan buyon qanday qilib 13,4 mlrd dollarga boyidi?
Ekspert: Rossiyaga qarshi sanksiyalardan O‘zbekiston va Qirg‘iziston ko‘proq foyda ko‘rdi
Putin uchinchi jahon urushi haqidagi savolga qanday javob berdi?
Davlat xizmatlari sohasidagi so‘nggi yangiliklar va yengilliklar ma’lum qilindi
Grenlandiya Donald Trampga orol sotilmasligini eslatib qo‘ydi
Vengriya bosh vaziri: Yevropa Ukrainadagi mojaroda yutqazdi
Putin MDH davlatlari rahbarlari bilan uchrashadi
Qushlar uchun aqlli qafas taqdim etildi: o‘zi ovqatlantirib, o‘zi tozalaydi