18:44 / 27.12.2024
3

Abbosbek Fayzullaev qanday qizga uylanishini aytdi

Abbosbek Fayzullaev qanday qizga uylanishini aytdi
Abbosbek Fayzullaev — Oʻzbekiston va Rossiyaning eng yorqin futbolchilaridan. 21 yoshli hujumkor futbolchi yosh boʻlishiga qaramay, bugungi kunda SSKA va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi etakchisi hisoblanadi.

2024 yilda legionerimiz Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi, Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi singari individual sovrinlarni qoʻlga kiritdi.

Yaqinda Abbosbek Fayzullaev jurnalistlarning savollariga javob qaytarib, intervyu berdi. Quyida mazkur intervyuning davomini oʻqishingiz mumkin:

— Dam olish kunlarini qanday oʻtkazasan?
— Doʻstlarim bilan saunaga borishim mumkin. Moskvada sovuqligi uchun shunga oʻrgandim. Lekin koʻproq, sport zalga boraman.

— Tungi klubga hech borganmisan?
— Yoʻq, koʻproq choyxonaga boraman.

— Kiyim-kechak olishga borasanmi? Oston Oʻrunov SUMdan olgan narsalarining suratlari bilan mashhur boʻlib ketgandi...
— Kiyim va krossovkalar – nozik nuqtam. Brendlardan olishim mumkin, lekin suratini qoʻymayman.

— Kokorin oʻziga 15000 dollarga krossovka olgandi. Sen eng qimmat olgan krossovkalar qancha turadi?
— Travis va Louis Vuitton brendlaridan krossovkalarim bor. Eng qimmati 1500 dollar turadi. Ularni Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklaridan olib keladiganlarga buyurtma qilaman.

— Mashinang bormi?
— Moskvada yoʻq, Oʻzbekistonda oddiygina Gentra bor. Qimmatbaho mashinani nima qilaman? Shunchaki turgandan nima naf? Oʻzbekistonda juda kam boʻlaman.

— Mosvkada oyiga 4-5 million sarflayman degan eding. Nimalarga ketadi bu pul?
— Kvartira, taksi va ovqatga. Ota-onamga ham etarli darajada pul joʻnataman.

— Moskvada mazali palov bormi? Joyini aytvor...
— “Aziya” choyxonasi. U erda tanishlarim osh damlaydi, bayramlarda asosan ularga buyurtma beraman. Jamoaga olib kelganimda hammaga yoqqan edi.

— Oʻzbekistonda erkaklar va ayollar munosabatida konservativ qarashlar ustun. Shaxsiy hayotingni kim bilan qurgan boʻlarding?
— Men faqat muslima qizga uylanaman.

— Moskvada qizlar tanishgani keldimi?
— Yoʻq, faqat suratga tushishdi. Ba'zan ijtimoiy tarmoqlardan yozishadi, ularga e'tibor bermayman.

— Olimpiada orzu edi. Bu roʻyobga chiqdi. Endi qanday orzularing qoldi?
— Evropaning top-klubida oʻynash va Chempionlar ligasida gʻolib chiqish. Milliy terma jamoa bilan jahon chempionatida ishtirok etish. Bularga erishishga qurbim etadi, deb chin dildan ishonaman.

— Bir yildan keyin qaerda boʻlasan?
— Buni faqat Alloh biladi. Umid qilamanki, maydonda boʻlaman.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abbosbek Fayzullaev qanday qizga uylanishini aytdi