"Lans" klubi yanvar oyida etakchisini 15 mln evroga sotmoqda

1 yanvar kuni Yevropada qishki transfer oynasi ochiladi. Hamyurtimiz Abduqodir Husanov toʻp tepayotgan Fransiyaning "Lans" klubi jamoa sardori Bris Sambani sotmoqda.
Fransiyaning boshqa bir jamoasi "Renn" 30 yoshli darvozabonning transferi borasida "Lans" bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda mashhur "L’Equipe" nashri xabar berdi. Transfer summasi 15 million yevro atrofida boʻladi. Samda yangi jamoasi bilan 2029 yilgacha moʻljallangan shartnoma imzolaydi.
Oldinroq "Lans"ning sobiq yetakchisi, ayni paytda "Al Nassr" (S.Arabistoni) a'zosi hisoblangan Seko Fofana ham "Renn"ga oʻtishi ma'lum boʻlgan edi.

"Renn" tomonidan bunday "yurishlar"ni amalga oshirilishi tasodif emas. Sababi, "Renn"ning ayni paytdagi prezidenti Arno Puy "Lans"ning sobiq bosh direktori hisoblanadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Fransiyaning boshqa bir jamoasi "Renn" 30 yoshli darvozabonning transferi borasida "Lans" bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda mashhur "L’Equipe" nashri xabar berdi. Transfer summasi 15 million yevro atrofida boʻladi. Samda yangi jamoasi bilan 2029 yilgacha moʻljallangan shartnoma imzolaydi.
Oldinroq "Lans"ning sobiq yetakchisi, ayni paytda "Al Nassr" (S.Arabistoni) a'zosi hisoblangan Seko Fofana ham "Renn"ga oʻtishi ma'lum boʻlgan edi.

"Renn" tomonidan bunday "yurishlar"ni amalga oshirilishi tasodif emas. Sababi, "Renn"ning ayni paytdagi prezidenti Arno Puy "Lans"ning sobiq bosh direktori hisoblanadi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…