19:04 / 28.12.2024
169

"Nasaf"ni tark etgan Marko Stanoevich "Dinamo" klubiga oʻtdi

"Насаф"ни тарк этган Марко Станоевич "Динамо" клубига ўтди
Superliga-2025 mavsumi oldidan tarkibini kuchaytirayotgan "Dinamo" jamoasi navbatdagi futbolchi bilan shartnoma imzolaganini ma'lum qildi.

Oʻtgan yillar davomida "Nasaf" klubidagi oʻyinlari orqali muxlislarga tanilgan Marko Stanoevich "Dinamo" jamoasi a'zosiga aylandi. Serbiyalik tajribali yarim himoyachi bilan bir yillik shartnoma imzolandi. U samarqandliklar safiga erkin agent maqomida qoʻshildi. Marko "Dinamo"ning yanvar oyi boshida Toshkentda oʻtkaziladigan yigʻiniga kelib qoʻshiladi.

Stanoevich Superliga 2024 yilgi mavsumida 24 oʻyinda maydonga tushib, bitta golga mualliflik qilgan va yakunda Oʻzbekiston chempioni boʻldi. Marko OChL joriy mavsumida ham 6 oʻyinda toʻp tepdi. U Superligada jami 111 oʻyinda 15ta golga mualliflik qilgan. OChLda ham jami 5ta gol kiritgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport