
Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor va amerikalik bloger, aktyor, bokschi Logan Pol 2025 yilda Mumbayda (Hindiston) boks qoidalari boʻyicha koʻrgazmali jang oʻtkazadi. Bu haqda jurnalist Glenn Emmet ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Manbaga koʻra, ikkala jangchi ham bahs uchun 250 million dollar oladi. Ushbu kechani Hindistonning qirollik Ambani oilasi tashkil qiladi, ular bu voqealikni hind sporti va turizmi uchun muhim voqea deb hisoblamoqda.
Shunisi e'tiborga loyiqki, jang toʻgʻrisidagi ma'lumotni Makgregorning oʻzi ham bilvosita tasdiqlagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar