date
views 279

Abduqodir Husanov Frantsiya chempionatining 1-davra ramziy jamoasidan oʻrin oldi

Abduqodir Husanov Frantsiya chempionatining 1-davra ramziy jamoasidan oʻrin oldi
Frantsiya chempionatida muxlislar talqiniga koʻra 1-davra ramziy jamoasi e'lon qilindi. Oʻzbekiston milliy jamoasi va “Lans” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov ushbu jamoadan oʻrin oldi.

Muxlislar talqiniga koʻra Liga 1 1-davra ramziy jamoasi:

Darvozabon: Xeronimo Rulli (“Marsel”);
Himoyachilar: Ashraf Hakimi (“PSJ”), Villian Pacho (“PSJ”), Abduqodir Husanov (“Lans”), Nunu Mendesh (“PSJ”);
Yarim himoyachilar: Rayan Sherki (“Lion”), Joau Nevesh (“PSJ”), Per-Emil Hyoyberg (“Marsel”);
Hujumchilar: Bredli Barkolya (“PSJ”), Jonatan Devid (“Lill”), Meyson Grinvud (“Marsel”).

Avvalroq futbolchini oʻz safida koʻrishni xohlovchilar safiga Turkiya klubi ham qoʻshilgani xabar qilingandi.

Futbolchi Oʻzbekistonda eng yaxshi yosh sportchi deb topilgandi. Transfermarkt talqiniga koʻra futbolchining bozor qiymati 12 million evroni tashkil etadi.

Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) tuzgan 21 yoshgacha boʻlgan jahonning eng yaxshi markaziy himoyachilari reytingida ham futbolchi etakchi oʻrinni egallagan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abduqodir Husanov Frantsiya chempionatining 1-davra ramziy jamoasidan oʻrin oldi