
Madridning "Real" klubi "Lans" himoyachisi, oʻzbekistonlik futbolchi Abdukodir Husanovni oʻz safiga qoʻshib olishni xohlamoqda. Bu haqda "Chempionat" nashri xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, "Real" allaqachon futbolchining atrofidagilar bilan bogʻlangan va transfer imkoniyatlarini muhokama qilgan. Husanov 2023 yildan beri Fransiyaning "Lans" klubida toʻp surmoqda va 2027 yilgacha shartnomaga ega. Joriy mavsumda u 16 oʻyinda maydonga tushib, bitta golli uzatma amalga oshirgan.
Shuningdek, "Manchester Siti" klubi ham Husanovga qiziqish bildirmoqda va "Lans" bilan muzokaralarni boshlagan. "Lans" futbolchi uchun 20 million yevro talab qilmoqda, va "Manchester Siti" bu summani toʻlashga tayyor. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar