Abbosbek Fayzullayevni Kilian Mbappe va Florian Virsga qiyoslashdi

2 daqiqa o'qish648
Abbosbek Fayzullayevni Kilian Mbappe va Florian Virsga qiyoslashdi
Oʻzbekiston futbolining soʻnggi yillardagi eng yorqin tarbiyalanuvchilaridan biri shubhasiz 21 yoshli hujumkor futbolchi Abbosbek Fayzullayevdir.

“Paxtakor” tarbiyalanuvchisi 2023 yilning avgustida Moskvaning SSKA klubiga koʻchib oʻtganidan beri Rossiya futbolida ham oʻz nomini tanita oldi. Ayni paytda “armiyachilar” hujum chizigʻini legionerimizsiz tasavvur qilib boʻlmaydi.

Abbosbek 2024 yil davomida Oʻzbekistonning milliy va yoshlar terma jamoalarida ham muvaffaqiyatli toʻp tepdi.

Keyingi paytda Fayzullayevning Yevropaga ketishi koʻp muhokama qilinyapti. Yaqinda hamyurtimizga Fransiyaning “Monako” va Ispaniyaning “Real Sosyedad” kabi klublari qiziqish bildirayotgani haqida ma'lumotlar tarqatilgan edi.

Rossiya futbolining taniqli ekspertlaridan biri Valeriy Masalitin Abbosbek Fayzullayevning SSKA jamoasi uchun ahamiyatini juda yuqori baholadi va uni Yevropaning mashhur oʻyinchilari bilan taqqosladi.

- SSKA tarkibini tanlashda koʻp narsa oʻyin davomida qoʻllaniladigan taktikaga bogʻliq boʻladi va unga koʻra, hatto Abbosbek Fayzullayev ham boshlangʻich tarkibdan chetda qolishi ham mumkin.

Fayzullayev qanot hujumchisi vazifasini zoʻr barajadi, u toʻpni olishi bilan oʻz oldidagi boʻsh hududlarni koʻra oladi. Bu borada Abbos Mbappega oʻxshaydi. Biroq, Kilian yanada yuqori darajada ekani tabiiy. Buni Abbosning jamoa uchun ahamiyatini koʻrsatish maqsadida misol qildim.

Agar Fayzullayev maydon markazida oʻynasa, boshida unga biroz qiyin boʻladi. Ammo uni bu rolga moslashtirishsa, unga bu pozitsiyada oʻynashni oʻrgatishsa, Abbosdan “Bayer” yetakchisi Florian Virs darajasidagi charm toʻp ustasi yetishib chiqadi. Bu yuz foiz aniq va bunda hech qanday mubolagʻa yoʻq.

Eng muhimi, Abbosning oʻzi bu pozitsiyada oʻzini qanday his qilishida. Koʻramiz, bosh murabbiy Marko Nikolich qishki transferlar vaqtida qanday taktik sxemalarni ishlab chiqib, Fayzullayevga qanday rolni ma'qul koʻrarkin
, – dedi Vladimir Masalatin.

Joriy mavsumdan e'tiboran “Real”da oʻynayotgan Kilian Mbappe madridliklar safida jami 25 ta uchrashuvda ishtirok etib, 13 ta gol va 3 ta assist qayd etdi. Fransiyalik hujumchi ayni paytda 160 million yevroga baholanmoqda.

Florian Virs “Bayer” tarkibida mavsum boshidan beri dastlabki 25 ta uchrashuvda 12 ta gol hamda sakkizta assist muallifi boʻldi. 21 yoshli hujumkor futbolchining transfer summasi 140 million yevroga etdi.

Abbosbek Fayzullayev SSKA jamoasida joriy mavsumda barcha turnirlarda 23 marotaba maydonga tushib, oʻz hisobida uchta gol va oltita golli pas yozdirib qoʻydi. Transfermarkt portali oʻzbek legionerining transfer summasini olti milliondan 8 million yevroga koʻtardi.

Hamyurtimizning “armiyachilar” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha davom etishi belgilab qoʻyilgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?