"Nasaf" klubi “Superliga va Proliga reglamenti”ning 14.13-bandiga oʻzgartirish kiritish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda OʻzPFL matbuoti xabar berdi.
Bunda ma'lum klubning boshqa bir klubga ijaraga berishi mumkin boʻlgan futbolchilari sonini uch va undan koʻproq qilish soʻralgan. Reglamentda esa mazkur masala ikki kishilik holat bilan tartibga solingan.
Oʻz vaqtida poytaxt klublari keragidan koʻp futbolchi bilan shartnoma imzolab, asosiy tarkibning mavsum uchun qaydnomasiga kira olmagan futbolchilarini boshqa klublarga ijara bergan va oʻzaro oʻyinlarda raqib jamoaning tarkib tanlashi masalasiga bevosita ta'sir koʻrsatishga uringan. Ayniqsa, bir klubning boshqa bir klubga 7-8 nafar futbolchini ijaraga berishi Ligani shubhalantirgan oʻyinlar sonining oshishiga olib kelgan.
Shundan kelib chiqib, Liga mazkur masalani ikki usul bilan tartibga solgan. Ya'ni, klub bir mavsum uchun 45 nafargacha futbolchini roʻyxatdan oʻtkazishi mumkin. Bunda 2002 yildan katta futbolchilar soni 23 nafardan oshmasligi shart. Shuningdek, klubda 2006 yil va undan keyin tugʻilgan qator iqtidorlar boʻlsa, ular limitdan tashqari roʻyxatga kiritilishi mumkin. Biroq bunda roʻyxatdan oʻtgan futbolchilar soni umumiy 60 nafardan oshib ketmasligi lozim. Yosh iqtidorlari yanada koʻproq klubga Liga talablarini bajarish shartida oʻz farm jamoasini tashkil etish imkoniyati ham berilgan.
Tartibotning ikkinchi qismida esa biror klub oʻzi bilan bir ligada harakat qilayotgan istalgan klubga 2 nafardan ortiq futbolchini ijaraga bera olmasligi qayd etilgan. Shuningdek, ma'lum bir klubning shu musobaqada ishtirok etayotgan koʻplab klublarga ta'sirini kamaytirish maqsadida shu klubning ijaraga berishi mumkin boʻlgan futbolchilarining umumiy soniga nisbatan cheklov kiritilgan — 6 nafargacha.
Masalaning boshqa tomonida esa klub oʻzga ligadagi klublarga istalgancha futbolchi berishi uchun yoʻl ochilgan. Shuningdek, yosh iqtidorlarga sharoit yaratish maqsadida ijaraga berilayotgan futbolchi 2003 yil va undan kichik boʻlsa, klub yuqorida qayd etilgan 6 nafarlik cheklovdan tashqari ham futbolchilarini ijaraga berishi mumkin ekanligi koʻrsatilgan.
Shularni inobatga olgan holda Liga "Nasaf" taklifini qabul qilmadi. Klublardagi sharoit, homiy tashkilotlar tasdiqlayotgan smeta, klublarning oʻzaro munosabatlari Ligaga yaxshi ma'lum. Musobaqa nisbatan murosasiz va sogʻlom raqobatda oʻtishi Liga uchun juda muhim hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Bunyodkor" klubi Aziz Amonov transferini e'lon qildi
Abduqodir Husanovsiz qolgan “Lans” klubi safar oʻyinida gʻalaba qozondi
Abduqodir Husanov transferiga bosh boʻlgan superagent “Lans”ni qanday “uxlatdi”?
Karlo Anchelotti kecha “Barselona”dan uchralgan yirik magʻlubiyatni qanday izohladi?
Ispaniya Superkubogi. "Barselona" "Real" darvozasiga 5ta gol urib kubokni qoʻlga kiritdi
Angliyada Abduqodir Husanovga qanday "laqab" berishdi?
"Paxtakor" braziliyalik futbolchini oʻz safiga qoʻshib oldi
Islom Maxachev: "Men shaxs sifatida Ronalduni tanlayman"