Fabritsio Romano: Hammasi tayyor!

Fabritsio Romano: Hammasi tayyor!
Hamyurtimiz Abduqodir Husanov "Manchester Siti" klubi a’zosiga aylanib ulgurganidan deyarli barcha futbol muxlislarimiz xabardor bo‘lsa kerak.

Futbolchimiz "shaharliklar" safida tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va o‘ziga raqam ham tanlagan, ammo "shaharliklar" matbuot xizmati hali mazkur transferni e’lon qilganicha yo‘q.

Taniqli insayder Fabritsio Romano biroz avval "X" sahifasida quyidagi xabarni yozib qoldirdi:

"Abduqodir Husanov tibbiy ko‘rikdan o‘tganidan so‘ng "Siti"ning yangi futbolchisi sifatida e’lon qilinishi uchun barchasi tayyor. Hujjatlar imzolandi".

Shunga ko‘ra, hamma muxlislar kutayotggan rasmiy xabar yaqin vaqtlar ichida e’lon qilinadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar