Rasman! "Nasaf" legioner darvozabon transferini e'lon qildi

Rasman! "Nasaf" legioner darvozabon transferini e'lon qildi
Qarshining "Nasaf" klubi legioner darvozabon bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda "ajdarlar" matbuoti xabar berdi.
Rasman! "Nasaf" legioner darvozabon transferini e'lon qildi
"Yangi mavsum uchun puxta tayyorgarlik koʻrayotgan “ajdarlar” transfer oynasida yangi futbolchilarni jalb qilishda davom etadi.
Rasman! "Nasaf" legioner darvozabon transferini e'lon qildi
Jamoamizga yangi ukrainalik darvozabon kelib qoʻshildi. Oleksandr Vorobey faoliyati davomida Ukrainaning “Volin”, “Rux”, “Viktoriya”, “Alyans” va soʻngi mavsumni Gruziyaning “Gagra” jamoasida oʻtkazgan.

Oleksandr jamoamiz bilan bir yillik kelishuvga erishdi. “Nasaf” oilasiga xush kelibsan, Oleksandr!", - deyiladi xabarda.

Ma'lumot uchun, 2024 yil yakunida jamoaning ikkinchi posboni Umid Ergashev "Navbahor"ga koʻchib oʻtdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar