Srechko Katanes Oʻzbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi, deya xabar bermoqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi.
«Oʻzbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar sababli Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan tuzilgan shartnomani oʻzaro rozilik bilan bekor qilishga qaror qildi.
Sloveniyalik murabbiy oʻz murojaatida hozirgi holatida vazifalarini toʻlaqonli, professional tarzda bajara olmasligini afsus bilan qayd etdi. Doimiy qoʻllab-quvvatlagani va samarali hamkorlik uchun assotsiatsiyaga oʻz minnatdorchiligini bildirdi. Terma jamoamizga Jahon chempionati saralash bahslarida omad tiladi.
Oʻz navbatida, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Srechko Katanesga terma jamoamiz boshqaruvidagi mehnatlarini uchun minnatdorchilik bildiradi. Salomatligini tiklab, murabbiylik faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirishini tilaydi», — deyiladi xabarda.
Foto: OʻFA
Shu tariqa, OʻFA va 62 yoshli mutaxassis oʻrtasidagi shartnoma oʻzaro doʻstona munosabatlarni saqlagan holda bekor qilingan.
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy jamoa bosh murabbiyi lavozimiga munosib nomzod tayinlash borasida ish olib borayotgani qayd etilgan.
Eslatib oʻtamiz, Srechko Katanes bilan 2021 yil avgustida 2025 yilga qadar moʻljallangan shartnoma tuzilgandi. U Oʻzbekistonga kelguniga qadar Makedoniya, Birlashgan Arab Amirligi, Sloveniya va Iroq milliy jamoalarini boshqargan, Sloveniya milliy jamoasini tarixda ilk bor Jahon va Evropa chempionatlariga olib chiqqandi.
Katanes 2024 yil oktyabrida salomatligi yomonlashgani bois JCh-2026 saralashi doirasida Eron va BAA bilan oʻyinlarda jamoani boshqara olmagandi. U keyingi oʻyinlarda jamoaga qaytgan, ammo 2025 yil 20 yanvar kuni jamoa Dohadagi yigʻinga usiz yoʻl olgandi. Manbalarga koʻra, u saraton xastaligiga chalingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar