Gʻayrat Hasbiullin: Fayzullayevga Yevropa skautlari qiziqishi kerak

Gʻayrat Hasbiullin: Fayzullayevga Yevropa skautlari qiziqishi kerak

"Manchester Siti" futbolchisi Abduqodir Xusanovning agenti Gʻayrat Hasbiullin oʻzining vatandoshi va Oʻzbekiston terma jamoasi hamkasbi Abbosbek Fayzullayevning Yevropaga chiqish istiqbollari haqida fikr bildirdi.

"Menimcha, Abbosga qiziqish bor, bu shubhasiz. Savol shundaki, SSKA, Abbosning agentlari va u oʻzi qachon Yevropa chempionatiga oʻtishga qaror qiladi. U Oʻzbekiston terma jamoasining liderlaridan biri, va menimcha, Yevropa skautlari va klublari unga qiziqish bildirishi kerak. Agar u SSKAda yaxshi oʻyin koʻrsatayotgan boʻlsa, Yevropada ham muvaffaqiyat qozona oladi," — deya ta'kidladi Hasbiullin ODDS.ru nashriga bergan intervyusida.

Abbosbek Fayzullayev 2023-yil avgust oyida "Paxtakor"dan SSKAga 500 ming yevroga oʻtgandi. Joriy mavsumda yarim himoyachi 23 oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi.

Transfermarkt portali ma'lumotiga koʻra, 21 yoshli futbolchining hozirgi bozor qiymati 8 million yevroni tashkil qiladi. Uning SSKA bilan shartnomasi 2026-yilning iyuniga qadar amal qiladi.

Oʻtgan yili Fayzullayev Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan edi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar