“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 7-turida jamoasining 2:4 hisobidagi magʻlubiyati haqida fikr bildirdi. Oʻyinda “shaharliklar” 2:0 hisobida oldinda borayotgan boʻlsada, yakunda alamli tarzda kambek qurboni boʻldi.
“Birinchi boʻlimda bizda ham ularda ham imkoniyatlar boʻldi. Raqib bizdan yaxshiroq oʻynadi. Biz besh daqiqada gollar urdik, ular ham besh daqiqada ikkita gol urdi. Birinchi oʻtkazib yuborilgan goldan soʻng, oʻzimizni yoʻqotib qoʻydik. Oʻsha paytda ular jonlandi. Tez oʻynab, kurashlarda ustun keldi. Biz bunga bardosh bera olmadik”, - dedi Gvardiola deya uning soʻzlarini keltiradi Mirror.
Ma'lumot uchun, hozirda “Manchester Siti” Chempionlar Ligasi turnir jadvalida 8 ochko bilan 25-oʻrinni egallab turibdi. Jamoa Chempionlar Ligasi pley-off bosqichiga toʻgʻridan-toʻgʻri chiqish imkoniyatini yoʻqotgan. Soʻnggi turda jamoani gʻalabadan boshqa hech qanday natija qanoatlantirmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar