Husayn Norchayev bugun shoshilinch ravishda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi qarorgohini tark etib, Toshkentga joʻnab ketdi. Futbolchi vizani rasmiylashtirishi va tez fursatda Portugaliyaga borib "Braga" klubida tibbiy koʻrikdan oʻtishi kerak. Portugaliyada qishki transfer oynasi 3 fevral kuni yopiladi. Shu bois futbolchi tezda Qatardan qaytib ketishga majbur boʻldi.
Ma'lumot uchun, "Braga" klubi 1921 yil tashkil topgan. Uy oʻyinlarini 30 ming tomoshabinga moʻljallangan "Braga" stadionida oʻtkazadi. Ayni paytda jamoani Karlos Karvaxal boshqarib bormoqda. "Braga" Portugaliya chempionatida 19 ta oʻyindan 37 ochko toʻplab, musobaqa jadvalida 4-oʻrinda bormoqda. "Braga" oxirgi yillarda yevrokuboklarning doimiy ishtirokchisi hisoblanadi.
Oʻzbekistonlik jonkuyar futbol muxlislaridan bir narsani iltimos qilgan boʻlardik. "Braga" klubining ijtimoiy tarmoqlarida Norchayev va Oʻzbekiston boʻyicha oʻrinli fikrlar yozinglar.
Manba: Championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar