Neymar bilan shartnomani bekor qilgan «Al Hilol» yozda boshqa bir super yulduz bilan shartnoma tuzishni maqsad qilgan.
Saudiyaliklar Muhammad Saloh bilan shartnoma tuzishni reja qilgan. Muhammad Salohni qoʻlga kiritish uchun «Al Hilol» rahbariyati futbolchiga yiliga 250 million dollar maosh berishga tayyor.
Agar ushbu kelishuv amalga oshsa, Muhammad Saloh futbol tarixidagi eng katta maosh oluvchi futbolchiga aylanadi.
Ma'lumot uchun, Muhammad Salohning «Liverpul» bilan tuzgan shartnomasi yozda yakunlanadi. Futbolchi joriy mavsum 32 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 23 gol va 17 ta golli uzatma bor. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar