16:16 / 30.01.2025
623

Chempionlar ligasi. «Manchester Siti»ni oʻtish oʻyinlarida «Real» yoki «Bavariya» kutadi

Chempionlar ligasi. «Manchester Siti»ni oʻtish oʻyinlarida «Real» yoki «Bavariya» kutadi
30 yanvarga oʻtar kechasi bir vaqtda oʻtkazilgan 18 ta oʻyindan keyin Chempionlar ligasi guruh bosqichining 36 klubdan iborat yakuniy jadvali shakllandi. Dastlabki sakkiz oʻrinni egallagan jamoalar darhol 1/8 finalga yoʻl oldi va bahorgacha keyingi raqiblarini kutadigan boʻldi, 9-oʻrindan 24-oʻringacha boʻlgan jamoalar fevralda oʻtish oʻyinlarida qatnashadi. Oxirgi 12 pogʻonadagi jamoalar turnir bilan xayrlashdi.

31 yanvar kuni, Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da oʻtish oʻyinlari uchun qur'a tashlanadi. Asosiy printsip: jadvaldagi har ikkinchi oʻrin ahamiyatga ega. Masalan, 9-oʻrindagi jamoa 23- yoki 24-oʻrindagi jamoa bilan oʻynashi mumkin (10-oʻrindagi ehtimoliy raqiblar ham shu jamoalar boʻladi). Shartli «Atalanta» yoki Dortmundning «Borussiya» klubi yoki «Sporting», yoki «Bryugge» bilan oʻynashi aniq. 11-klub yoki 21-oʻrindagi, yoki 22-oʻrindagi jamoa bilan oʻynaydi (agar 21-oʻrin vakili 11-klubga tushsa, unda oʻz oʻzidan 22-oʻrin vakili 12-oʻrindagi jamoaga raqib boʻladi) va hokazo. UYeFA sayti xabar berishicha, bu format olti yil mobaynida ishlab chiqilgan.

Qur'a vaqtida avvaliga 23- va 24-jamoalar koʻrsatilgan sharlar olinadi. Birinchi chiqqan shar setkaning yuqori qismiga, ikkinchisi quyi qismiga yuboriladi. UYeFA rasmiy grafikasida bu setkaning chap qismi (kumush) va oʻng qismi (koʻk) boʻladi. Keyin esa 21- va 22-oʻrinlardagi jamoalarning oʻrni aniqlanadi. Bu jarayon 9- va 10-klublar koʻrsatilgan sharlargacha davom etadi. Ya'ni hozirning oʻzida 9-oʻrindan 24-oʻringacha boʻlgan jamoalarda faqat ikki ehtimoliy raqib borligini bilamiz. Masalan, qur'a natijalariga koʻra «Manchester Siti» yoki «Real», yoki «Bavariya» bilan toʻqnash keladi (bu grandlar «Seltik»ning ham ehtimoliy raqiblari hisoblanadi).

Qur'a tashlashda hech qanday cheklovlar boʻlmaydi – oʻtish oʻyinlarida bir mamlakat vakillari oʻzaro uchrashishi mumkin. Masalan, «PSJ» (15-oʻrin) «Monako» yoki «Brest» (mos ravishda 17- va 18-oʻrinlardagi jamoalar) bilan oʻynaydi, «Milan» esa «Yuventus» (yoki «Feyenoord») tushishi mumkin.

Agar jamoalar guruh bosqichida oʻzaro oʻynagan boʻlsa, bu ular oʻtish oʻyinlarida yana toʻqnashishiga toʻsqinlik qilmaydi. Masalan, Dortmundning «Borussiya» klubiga 50 foizlik ehtimol bilan «Bryugge» raqib boʻladi, holbuki ular sentyabr oyida ham EChL doirasida oʻynashgandi.

9-oʻrindan 16-oʻringacha boʻlgan jamoalar nafaqat saralangan jamoalar hisoblanadi, balki oʻtish oʻyinlaridagi javob uchrashuvlarini oʻz maydonlarida oʻtkazish imkoniga ega boʻlishadi, buni esa ustunlik deyish mumkin. Bu kabi sxema Chempionlar ligasidan tashqari Evropa Ligasi va Konferentsiyalar Ligasi uchun ham koʻzda tutilgan.

Uchala yevrokubokda ham oʻtish oʻyinlaridan keyin yana bir qur'a boʻladi. Oʻshanda jamoalar top-8 dagi raqiblarini bilib olishadi. U erda ham har bir klubda ikkitadan ehtimoliy raqib boʻladi. Hozirning oʻzida «Atletiko» yoki «Bayer»dan biri quyidagi toʻrtlikdan biriga raqib boʻlishini aytish mumkin: «Bavariya», «Manchester Siti», «Real», «Seltik».

Umumiy jadvalda birinchi va ikkinchi oʻrinlarni qoʻlga kiritgan «Liverpul» va «Barselona»ning 1/8 final uchun ehtimoliy raqiblari quyidagilar: 15-, 16-, 17- yoki 18-jamoa: «PSJ», «Benfika», «Monako» yoki «Brest». Oʻtish oʻyinlaridan keyin ulardan ikkisi turnirni tark etadi va soʻnggi qur'a paytida (21 fevral) faqat ikki variant qolgan boʻladi. Ya'ni, «Monako» va «PSJ» oʻtish oʻyinlaridan omon chiqishsa, keyingi bosqichda guruh bosqichining eng yaxshi ikki jamoasiga raqib boʻladi.

2-oʻtish oʻyinlaridagi ikki gʻolib («Sporting» / «Bryugge» — «Atalanta» / «Borussiya» D) nimchorak finalda «Lill» va «Aston Villa»ga raqib boʻladi.

3-oʻtish oʻyinlaridagi ikki gʻolib («Seltik» / «Manchester Siti» — «Real» / «Bavariya») nimchorak finalda «Atletiko» va «Bayer» juftligiga raqib boʻladi.

4-oʻtish oʻyinlarining ikki gʻolibdan («Feyenoord» / «Yuventus» — «Milan» / PSV) biri nimchorak finalda «Arsenal», ikkinchisi «Inter» bilan oʻynaydi.

Dastlabki oʻtish oʻyinlari 11 va 12 fevral, javob uchrashuvlari — 18 va 19 fevral kunlari oʻtkaziladi.

1/8 final uchrashuvlari 4, 5, 11 va 12 mart kunlariga belgilangan. Chorakfinal uchun 8, 9, 15 va 16 aprel, yarimfinal uchun — 29 va 30 aprel, shuningdek 6 va 7 may ajratilgan. Finalga 31 may kuni Myunxen mezbonlik qiladi.

Qur'a jarayoniga aloqador boʻlmagan yana bir nyuans bor. Oʻtish oʻyinlari uchun yangi futbolchilarni qaydnomaga kiritish mumkin, buni 6 fevralga qadar amalga oshirish kerak boʻladi. Agar futbolchi Chempionlar ligasining guruh bosqichida boshqa jamoada oʻynab ulgurgan boʻlsa, bu unga pley-offda boshqa jamoa uchun toʻp surishiga xalal bermaydi, xususan, Abduqodir Husanov «Siti» safida EChLda ishtirok etishi mumkin.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport