09:59 / 01.02.2025
2 054

Eldor Shomurodov boʻyicha “Roma”ga bosim boshlandi...

Eldor Shomurodov boʻyicha “Roma”ga bosim boshlandi...
“Roma” muxlislari Evropa ligasi umumiy bosqichidagi soʻnggi va hal qiluvchi uchrashuvda “Ayntraxt” darvozasini ishgʻol qilib, rimliklarni keyingi bosqichiga yoʻllanma olishiga hissa qoʻshgan Eldor Shomurodovni qoʻllab-quvvatlamoqda.

Poytaxtning talabchan muxlislari “Roma”ning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali Klaudio Raneri boshchiligidagi murabbiylar shtabidan oʻzbek futbolchisiga koʻproq imkoniyat berishini, klub mutasaddilaridan esa, mehnatkash futbolchini jamoada olib qolishni soʻrayapti.

Riccardo Vitale:
Eng avvalo, Eldorni jamoaga va ishga boʻlgan munosabatini qadrlash kerak. Shomurodov klub undan qutilmoqchi boʻlib turgan pallada ham borini berib oʻynayapti. Artyom Dovbik shunday qilish kerakligini tushunib etgani yoʻq.

Pietro Garofoli:
Shomurodovga balli, u oʻzining harakatchanligi bilan asosiy tarkibda oʻynashga loyiq ekanini isbotladi.

Cesare Corbelli:
“Roma”ga oldingi chiziqda tezkorlik etishmayapti. Shomurodov aynan mana shu xususiyatni ta'minlab berishi mumkin. Agar uni Dovbik bilan birga oʻynatsa, Artyomga koʻp qulay vaziyatlar yaratib beradi.

Rossano Zannotti:
Oʻz oʻyinchilarini qadriga etmaslik faqat “Roma”ga xos xususiyat boʻlsa kerak. Aks holda Shomurodovni yana ijaraga joʻnatishga harakat qilmasdi.

Aslida Eldor juda yaxshi oʻyinchi, qisqa vaqt berilayotganiga qaramay, har bir toʻp uchun kurashadi, har doim sadoqat va sifatini namoyish qilyapti. Bunaqa oʻyinchini qoʻyib yuborishdan avval, yaxshilab oʻylab koʻrish kerak.

Lazzaro Scacerni:
Agar Dovbikda Shomurodovning harakatini yarmi boʻlganida ham 40 ta gol urgan boʻlardi.

Giulio Gennarini:
Dovbik, sen Shomurodovning qanday oʻynayotganini, harakatlarining aniqligini, darvozani topa olishini koʻrdingmi? Essiz, uvol ketgan millionlar...

Patrizia Duchini:
Shomurodovni olib qolib, Dovbikni sotib yuboraylik...

Giuseppe Santopietro:
Menga Shomurodov har doim yoqqan. Texnikasi kuchli va qoʻlidan koʻp narsa keladi. Maydonga tushganida raqib darvozasi oldida xavf yuzaga keladi. Aslida u bizda oʻynab ketgan Andrea Belottidan ham zoʻr.

Mario Negri:
Artyom Dovbik ishonchni oqlamadi, Shomurodovga gap yoʻq.

Andrea Drago:
Bugungi kunda Shomurodovning qadriga etmayapmiz. Oʻyinda unga koʻproq vaqt berish kifoya. Koʻpchilik muxlislar Eldor oʻzini koʻrsata olishiga ishonyapti.

Dani Caste:
Eldor – bizning qutqaruvchimiz!

Vincenzo D'elia:
Shomurodovni bezovta qilmang, joyida qolsin!

Alessandro Flavioni:
Bu shaxsiy fikrim: Agar Shomurodovni asosiy tarkibda oʻynatganimizda jamoa toʻplagan ochkolarga yana oʻnlab ochkolar qoʻshilgan boʻlardi...

Paola Carta:
Dovbik oʻynasa, toʻpni toʻxtata olmaydi, toʻp sakramaydi, oldinga siljimaydi, bu qanaqa hujumchi oʻzi?

Ukrainalik futbolchiga Eldor Shomurodov haqiqiy hujumchi qanday boʻlishini bir yarim daqiqa ichida koʻrsatib qoʻydi.

Felipe Ojos Pintados:
Shomurodovni muntazam oʻynatish kerak. Eldorni jamoada olib qolib, yaxshisi himoyachi, yarim himoyachi olaylik. Ana juda kerak boʻlsa, uchinchi hujumchi sifatida Betoni olib keling.

Pasquale Losacco:
Shomurodovni boshqa klubga berib yuborishdan oldin, yaxshilab oʻylab koʻrish shart. Dovbikka dam bering. Shomurodovni asosiy tarkibda oʻynatish lozim.

Giovanni Maddalena:
Muxlislar fikri boʻyicha Artyom Dovbikdan ancha kuchli boʻlgan Eldor Shomurodovni ketkazish kerak emas, aksincha, ukrainalik oʻyinchini zaxiraga mixlaydigan boshqa hujumchi olib kelish kerak.

Federica Cichi:
Hamma Shomurodovning koʻproq oʻynashga loyiq ekanini his qilyaptimi yoki faqat menga shunday tuyulyaptimi?

Eldor Shomurodov joriy mavsumda uchta turnirda jami 17 ta uchrashuvda ishtirok etib, umumiy hisobda 378 daqiqa oʻynadi. Shunga qaramay, 29 yoshli hujumchi raqiblar darvozasiga uchta gol urdi va bitta assist qayd etdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport