10:06 / 03.02.2025
1 455

Klaudio Raneri kechagi uchrashuvda nega asosiy tarkibda oʻzgarishlar qilganini aytdi

Klaudio Raneri kechagi uchrashuvda nega asosiy tarkibda oʻzgarishlar qilganini aytdi
«Roma» bosh murabbiyi Klaudio Raneri «Napoli»ga qarshi uchrashuvda nega oʻzgarishlar qilganini tushuntirib berdi.

«Jamoa maydonda tartibni saqlashga harakat qildi. Ikki kundan keyin yana oʻynashimiz kerak va ba'zi futbolchilar bunga tayyor boʻlmaydi. Chunki ularda charchoq boʻladi.

Futbolchilarning barchasi mashgʻulotlarda 100 foiz ishlashmoqda. Bugungi bahsda men avvalgi uchrashuvga nisbatan oltita oʻzgarish qildim. Men uchun bu toʻgʻri qaror boʻldi. «Napoli» futbolchilarida charchoq sezilganidan soʻng men yangi kuchlarni tushirdim.

Bularning barchasi hisob-kitob qilingan. Barcha futbolchi maydonda borini berishga harakat qilmoqda. Har bir futbolchini kuchli tomonidan foydalanishimiz kerak.

Bugungi oʻyindan koʻnglim toʻldi, biz oʻyindan oʻyinga ochilib bormoqdamiz.

Jamoani qishda kimdir tark etadimi? Yoʻq! Tarkibdagilarning barchasi «Roma»da ekanligidan baxtli», — deb fikr bildirdi rimliklar ustozi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport