21:22 / 07.02.2025
157

Terens Krouford: "Oʻsha kuni butun dunyoni larzaga solaman”

Terens Krouford: "Oʻsha kuni butun dunyoni larzaga solaman”
Avvalroq, Turki Al ash-Shayx meksikalik boks yulduzi Saul Alvares "Riyadh Season" bilan toʻrtta janglik shartnoma imzolaganini aytgandi. Insayder Mayk Koppingerning qoʻshimcha qilishicha, Alvaresning janglaridan biri Terens Kroufordga qarshi boʻlib oʻtadi. Shundan soʻng, amerikalik charm qoʻlqop ustasi mazkur xabarlarga oʻz munosabatini bildirdi.

"Sentyabr oyida “Kanelo”ga qarshi toʻqnash kelishni intiqlik bilan kutyapman. Oʻsha kuni butun dunyoni larzaga solaman” - deb yozdi Terens ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Ma'lumot uchun, Alvares shu kungacha 66 ta jang oʻtkazib, 62 gʻalaba, 2 magʻlubiyat va 2 ta durang qayd etgan. Krouford esa 41 ta jangda 41 ta gʻalaba qozongan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport