![Ruben Diash “Real”ga qarshi oʻyin va “Siti”ning hozirgi holati nimalar dedi?](/uploads/posts/2025-02/cfcb5a8c5a_0_gettyimages-1281850292.webp)
“Manchester Siti” himoyachisi Ruben Diash “Real Madrid”ga qarshi pley-off bahsidan avval Xosep Gvardiola bilan birga, matbuot anjumanida ishtirok etdi. Portugaliyalik himoyachi boʻlajak bellashuv, sobiq jamoadoshi hisoblangan Kayl Uoker va “Siti”ning hozirgi holati haqida gapirdi.
"Men “Oltin toʻp”ni Rodri qoʻlga kiritganidan soʻng “Real Madrid” tomonidan hurmatsizlik qilingani haqida bir soniya ham oʻylamaganman. Men shunchaki xursand boʻldim va faxrlanib turdim.
Ertangi toʻqnashuvda himoyada qanchalik mustahkam boʻlsak, oʻyinimiz shunchalik yaxshilanadi.
Shu bilan birga, men Erling Holand va Kilian Mbappe oʻrtasidagi qarama-qarshilikni his qilmayotganimni ta'kidlamoqchiman. Bu “Manchester Siti” va “Real Madrid” klublari oʻrtasidagi muhim bahs hisoblanadi. Ikkala jamoada ham yulduz futbolchilar etarlicha.
Kayl Uoker hammamiz ishonadigan futbolchilardan biri edi. Afsuski, hozirgi kunda esa u bizning safimizda emas. Demak, boshqa bir futbolchi etakchilikni oʻz zimmasiga olishi kerak. Albatta, bunday vazifani bajara oladigan etakchi futbolchilarimiz bor.
Hozirgi turnir jadvaliga nazar solsak, juda ogʻirligini koʻrishimiz mumkin. Men shunchaki bu jarayonning bir qismi boʻlishni va jamoa bilan birga, harakat qilishni istayman.
Biz “qirollik klubi”ga qarshi gʻalaba qozonish uchun qanchalik yaxshi boʻlishimiz kerakligini tushunamiz. Oʻtgan mavsum ustunlik qilgan edik, lekin kerakli golni ura olmaganmiz. Ertangi bellashuvda esa bunday xatolarni qilmaslikka harakat qilamiz.
“Real”ning himoyadagi yoʻqotishlari tufayli boʻshashishimiz - eng katta xatodir. Biz ularning darajasiga chiqishimiz kerak, shunda balki bu holatdan foydalana olarmiz.
Shuni ta'kidlashim kerak, “Real”ga qarshi kim maydonga tushishini bilmaymiz, lekin Uokerning oʻrnini bosadigan variantlarimiz bor. Muhimi – jamoaviy harakat, biz raqib jamoaning alohida futbolchisiga e'tibor qaratmaymiz” – dedi "shaharliklar"ning asosiy himoyachilaridan biri.
Eslatib oʻtamiz, milliy terma jamoamiz yosh himoyachisi Abduqodir Husanov ertangi uchrashuv uchun qaydnomaga kiritilgan. “Manchester Siti” tarkibida Madridning “Real” klubiga qarshi debyut uchrashuvini oʻtkazishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar