08:34 / 12.02.2025
209

Gvardiola “Real”ni Madridda qanday magʻlub etishini aytdi

Gvardiola “Real”ni Madridda qanday magʻlub etishini aytdi
Manchester Siti” futbolchilari Evropa Chempionlar ligasining pley-off bosqichi birinchi oʻyinida “Real”ga 2:3 hisobida yutqazdi.

“Shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola magʻlubiyatga oʻzining qarorlari sabab boʻlganini tan oldi. Shu bilan birga ispaniyalik mutaxassis javob uchrashuvida kuchli raqibni qanday engishini aytib oʻtdi.

- “Real” bizga nisbatan toʻp bilan yaxshi harakat qildi. Biz esa asabiy oʻynadik. Endi javob uchrashuvida gʻalaba qozonishga urinib koʻramiz.

Bu ruhan qiyin vazifa, chunki oldinda bizni juda ogʻir uchrashuvlar kutib turibdi. Biroq biz Madridga borib, boʻlajak bahsda raqib oʻyiniga moslashishga va bu orqali ustunlikka erishishga harakat qilamiz.

Madriddagi javob bahsida gʻalaba qozonamiz va musobaqadagi yurishimizni davom ettiramiz, - dedi Xosep Gvardiola.

“Real” futbolchilari 19 fevral kuni javob uchrashuvida oʻz maydonida “Manchester Siti” bilan oʻynaydi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport