03:19 / 13.02.2025
2 476

“Liverpul” oxirgi daqiqalarda g‘alabani boy berdi

“Liverpul” oxirgi daqiqalarda g‘alabani boy berdi
Mersisayd derbisida durang: “Everton” va “Liverpul” ochkolarni bo‘lishib oldi.

Angliya Premer-ligasi doirasida bo‘lib o‘tgan Mersisayd derbisida “Everton” va “Liverpul” jamoalari 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Uchrashuvda hisobni 11-daqiqada “Everton” futbolchisi Norbertu Betunkal ochdi. Biroq 16-daqiqada Aleksis Makallister javob golini urdi. Ikkinchi bo‘limda Muhammad Salah 73-daqiqada “Liverpul”ni oldinga olib chiqdi, lekin so‘nggi daqiqalarda Jeyms Tarkovski 90+8-daqiqada hisobni tenglashtirdi.

Uchrashuv davomida “Everton” 10 ta zarba yo‘lladi, “Liverpul” esa 6 ta. To‘pga egalik qilish foizi esa “Liverpul” foydasiga – 64%.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport