![Abduqodir Husanovning "Siti"dagi maoshi bilan Toshkentda necha uy sotib olish mumkin?](/uploads/posts/2025-02/aff5f6a0e8_1600_10000_max.webp)
Husanovning "Siti"dagi maoshi Toshkentda 26 ta uch xonali kvartira sotib olishga yetadi.
Metaratings.ru nashri o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"dagi ish haqi va uning Toshkentda qancha mulk sotib olishi mumkinligi haqida ma’lumot berdi.
Jurnalist Narzulla Saydullayevning ma’lumotiga ko‘ra, Husanov haftasiga taxminan 67 ming yevro ishlab topadi. Bu oyiga 290 ming yevro yoki yiliga 3,5 million yevro bo‘lib, mavsum davomida 2,9 million funt sterlingni tashkil etadi.
Markaziy Osiyoda mashhur OLX platformasi ma’lumotlariga ko‘ra, Husanov yillik daromadiga quyidagilarni sotib olishi mumkin:
- Toshkentdagi yangi qurilgan binolarda 12 ta to‘rt xonali kvartira;
- Mukammal ta’mirlangan 26 ta uch xonali kvartira;
- Shahar markazida 90 kvadrat metrlik 10 ta kvartira;
- Toshkent atrofi va shahar chekkasida 10 ta uy (har biri 4+ sotixli hovliga ega);
- 450 kvadrat metr maydonga ega bo‘lgan 3 ta hashamatli villa (basseyn, yopiq garaj, bog‘ va yozgi oshxonaga ega).
Husanov "Lans" klubidan "Manchester Siti"ga o‘tib, 2029-yil 30-iyungacha shartnoma imzoladi. Avvalroq 20 yoshli futbolchi "Bunyodkor" va "Energetik-BGU" klublarida o‘ynagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar