!["Torino" klubini boshqarayotgan ukam Shomurodov haqida iliq gaplarni aytgan](/uploads/posts/2025-02/b53d58b930_narkotik-6.webp)
Ayni paytda Superligamizning aksar jamoalari Turkiyaning Antaliya shahrida yangi mavsum uchun oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini olib borishyapti. Har kuni qaysidir klublarimiz oʻzlarining nazorat bellashuvlarini oʻtkazyapti.
Navoiyning “Qizilqum” klubi kecha Gruziyaning “Samgurali” jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazdi va 0:0 hisobi bilan yakunlandi.
Raqib jamoa bosh murabbiyi italiyalik Rodolfo Vanoli ekanligi e'tiborimizni tortdi. Surishtirganimizda, u hozirda Italiya A seriyasida qatnashayotgan “Torino” klubi bosh murabbiyi Paolo Vanolining akasi boʻlib chiqdi.
Bahs mobaynida klub vakilidan oʻyindan soʻng murabbiy bilan biroz suhbatlashish istagimiz borligi haqida ma'lum qildik. Oʻyin yakunlangach 62 yoshli Vanoli taklifimizga rozi boʻldi. Suhbat davomida esa murabbiy italyan tilida gapirdi va soʻzlarini ingliz hamda rus tillariga tarjima qilib turishdi.
- Avvalo, oʻyindan olgan taassurotlaringiz haqida aytib oʻtsangiz.
- Birinchi navbatda biz juda xursandmiz. Boisi, yaxshi jamoa bilan oʻynadik. Biz hali jamoamizni toʻliq shakllantira olmagandik. Oʻyinchilar etishmayotgandi. Lekin bugun yosh futbolchilarimiz oʻyinga oʻzgartirish kirita oldilar.
- Siz oʻzbek futboli haqida qanday ma'lumotlarga egasiz?
- Bilamizki, Oʻzbekistonda futbol keng rivojlanib boryapti. Ancha-muncha sarmoya kiritilmoqda. Biz bundan mamnunmiz. Xorijda ham oʻzbek futbolchilari muvaffaqiyatli oʻynashmoqda. Biz ularni faqatgina oldinga intilishlarini tilab qolamiz.
- Italiya A seriyasida oʻynayotgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov haqida yaxshi bilsangiz kerak-a?
- Eldor Shomurodov juda yaxshi va muhim futbolchi. Koʻp yillardan beri Italiya A seriyasida oʻynab kelyapti. “Torino” klubiga mening ukam bosh murabbiylik qiladi. U ham Shomurodov haqida iliq gaplarni aytgan va ukam orqali ham Eldorni bilaman.
- Jamoangizga raqib sifatida oʻynagan “Qizilqum” xususida fikringiz qanday?
- Yaxshi jamoa va yaxshi murabbiy bor. Maydon zoʻr boʻlganida edi, bundan ham zoʻr oʻyin boʻlarmidi?! Ikkala jamoaga bu oʻyin foydali boʻldi va chempionatda omad tilayman.
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar