00:47 / 16.02.2025
386

"Bayer" va "Bavariya" murosasiz bahsda gol ura olmadi

"Bayer" va "Bavariya" murosasiz bahsda gol ura olmadi
Bundesliganing navbatdagi turida "Bayer" va "Bavariya" jamoalari o‘zaro bahs olib bordi, ammo gollar kiritilmadi – 0:0. "Bayer" butun o‘yin davomida hujumkorlikni oshirib, 15 ta zarba yo‘lladi, ulardan 3 tasi darvoza to‘riga yo‘naldi. "Bavariya" esa atigi 2 zarba berib, ularning hech biri aniq bo‘lmadi.

O‘yin davomida "Bayer" 57% to‘pga egalik qildi, umumiy 512 ta pas bajardi, aniq paslar foizi esa 83% bo‘ldi. "Bavariya" esa 43% to‘p nazoratiga ega bo‘ldi, 435 ta uzatma amalga oshirdi, aniq paslari esa 80% ni tashkil etdi.

Ushbu durang natijadan so‘ng "Bavariya" 55 ochko bilan 1-o‘rinda qoldi, "Bayer" esa 47 ochko bilan 2-o‘rinda bo‘lib turibdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport