15:33 / 19.02.2025
1 953

Gvardiola: "Manchester Siti" bugun "Bernabeu"da ideal oʻyin oʻtkazishi kerak

Gvardiola: "Manchester Siti" bugun "Bernabeu"da ideal oʻyin oʻtkazishi kerak
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Real"ga qarshi Chempionlar ligasi javob oʻyini haqida gapirdi. "Shaharliklar" ilk oʻyinda Madrid klubiga 2:3 hisobida magʻlub boʻlishdi.

"Bosim bor, ammo u yoqimli, bosimsiz yaxshi ishtirok etish mumkin emas. Yutish yoki yutmasligimiz dunyoning eng katta stadionlaridan birida vaziyatlarni qanday hal etishimiz va qanday oʻynashimizga bogʻliq. Biz boshdan kechirishimiz kerak boʻladigan ogʻir vaziyatlar boʻladi va biz ularni kamaytirishga harakat qilamiz.

Deyarli ideal oʻyin oʻtkazish kerak. Birinchi oʻyin natijasi yaxshi boʻlmadi. Odatda javob oʻyiniga eng yaxshi natija bilan chiqamiz, shunday ekan bu ideal vaziyat emas. Hujum qilishimiz, gollar urishimiz kerak. Biz gʻalaba qozonishni xohlaymiz, shu sababli birinchi oʻyinda ishlamagan ayrim vaziyatlarni toʻgʻrilay olamizmi yoki yoʻq, koʻramiz", — dedi ispaniyalik mutaxassis matbuot anjumanida.

Eslatib oʻtamiz, "Real" — "Manchester Siti" oʻyini bugun Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da Madridda boʻlib oʻtadi.

Manba: mancity.com

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport