
Futbol jamoatchiligi tez orada boshlanadigan “Real” va “Manchester Siti” oʻrtasidagi Evropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichi javob uchrashuvini kutmoqda.
SSKA yulduzi Abbosbek Fayzullayev bu uchrashuvdan nimalar kutayotganini aytib oʻtdi.
- “Manchester Siti” hozir qiyin davrlarni boshdan oʻtkazmoqda. Ularda jarohatlanganlar juda koʻp. Birinchi oʻyinni koʻrgandim.
“Real” baribir Chempionlar ligasining qiroli. Ular har doim nimalargadir erishib keladi. Agar ular 0:2 hisobida yutqazayotgan boʻlsa ham, odam bu jamoa kambek qilishga qodirligiga ishonib, shuni kutadi. Chunki ular buni koʻp bor uddalagan.
Bir soʻz bilan aytganda, “Real” bu “Real”. Bu jamoa dastlabki uchrashuvda 3:2 hisobida zafar quchgan va javob oʻyinini oʻz uyida oʻtkazishi ham ularning imkoniyatini oshiradi.
Lekin barchamiz “Manchester Siti” yutishini va Abduqodir Husanov keyingi bosqichga chiqishini istaymiz, - dedi Abbosbek Fayzullayev. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar