
"Manchester City" himoyachisi Jon Stounz Madridning "Real" jamoasiga qarshi o‘tgan Chempionlar Ligasi 1/16 final javob uchrashuvida jarohat oldi.
Futbolchi o‘yinning oltinchi daqiqasida jarohatlanib, uning o‘rniga maydonga Natan Ake tushirildi.
Ta’kidlash joizki, hozirda “shaharliklar” safida Manel Akanji va Rodri ham jarohati sabab safdan chiqqan.
Birinchi bo‘lim o‘rtalarida madridliklar 2:0 hisobida oldinda bormoqda. Eslatib o‘tamiz, ilk uchrashuvda “qirollik klubi” 3:2 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Bundan oldin, Garri Keyn "Seltik"ga qarshi Chempionlar Ligasi uchrashuvida olgan jarohati haqida ma’lumot berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar