03:12 / 20.02.2025
13 200

Osiyo CHL 1/8 final juftliklari aniq bo‘ldi

Osiyo CHL 1/8 final juftliklari aniq bo‘ldi
16-18 fevral kunlari Osiyo Chempionlar Ligasining guruh bosqichi yakunlandi.

G‘arbiy mintaqada Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" va "Al-Ahli" klublari 24 ochkodan 22 tasini qo‘lga kiritib, yetakchilikni egalladi. Krishtianu Ronaldu harakat qilayotgan "Al-Nasr" esa 17 ochko bilan uchinchi o‘rinni band etdi.

Sharqiy mintaqada esa Yaponiya klublari peshqadamlik qildi. "Yokogama Marinos" 18 ochko bilan birinchi, "Kavasaki Frontale" esa 15 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.

Xitoyning "Shandun Tyanshan" jamoasi turnirdan chiqib ketgani sababli uning barcha natijalari bekor qilindi.

1/8 final bahslari G‘arbiy mintaqada 3/4 va 10/11 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

Juftliklar quyidagicha:
"Paxtakor" – "Al-Hilol"
"Al-Rayyan" – "Al-Ahli"
"Istiqlol" – "Al-Nasr"
"Al-Vasl" – "Al-Sadd"

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport