
UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichida "Real Madrid" o‘z maydonida "Manchester Siti"ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi va umumiy hisobda 6:3 natija bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi. Kilian Mbappe uchta gol urib, jamoasining asosiy yutug‘iga aylandi. "Manchester Siti"ning yagona golini 90+2-daqiqada Niko Gonsales kiritdi.
Quyida Abduqodir Husanov ayblanayotgan 2-gol epizodi tahlili bilan tashishingiz mumkin.
- Dastlab, Ake va Gvardiol yuqori pressing qilib Bellinhem va Rodrigodan to‘pni ola olmadilar.
- To‘p Vinisiusga uzatilgach, ortga qaytayotgan 4 futbolchiga e’tibor bering – hech kim Rodrigoni qo‘riqlamadi.
- Faqat Husanov to‘g‘ri pozitsiyada: Ake ko‘tarilgani uchun uning markazdagi o‘rnini yopdi va Mbappega yaqin turdi.
- Vinisius to‘pni Rodrigoga uzatganida, Husanov 2 ga 1 holatda qoldi. U Rodrigoga peshvoz chiqib, uning harakat maydonini qisqartirishga majbur bo‘ldi. Faqatgina pas uning oyoqlari orasidan o‘tib ketdi.
- Gvardiol Mbappega qarshi yetib keldi va vaziyatni maksimal xavfsizlashtirdi, ammo Mbappe uni aldab o‘tdi.
Shunday qilib, Mbappe va Rodrigoning individual mahorati ustun keldi. Gvardiol ham, Husanov ham xato qilmadi, balki noqulay pozitsiyada qolib ketdi. Agar Husanov vaziyatni to‘liq bartaraf etganida, bu top-daraja himoyaviy harakat bo‘lardi, ammo qaytara olmagani xato emas.
Manba: https://t.me/aslanov_futbol
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring 
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar