
Championat.asia saytiga ma'lum boʻlishicha, MTRK tarkibidagi "Futbol" telekanali Angliya Kubogini Oʻzbekiston hududida namoyish etish huquqini qoʻlga kiritish uchun faol muzokaralar olib bormoqda. Muzokaralar ijobiy yakun topsa, oʻzbekistonlik muxlislar Angliya Kubogi 5-bosqich uchrashuvlarini "Futbol TV" orqali jonli efirda tomosha qilishlari mumkin boʻladi.
Taniqli sharhlovchi Davron Fayziyev ham Telegram'dagi sahifasida bu haqda aytib oʻtdi:
"Futbol" kanali Angliya Kubogi boʻyicha muzokara olib boryapti, shekilli. Toʻgʻri, "Zoʻr TV" ham bunga kirishgandi. Davlat va hususiy kanallar nihoyat hamkorlikda, imkoniyatlarni jamlagan holda bu ishni amalga oshirsa yaxshi boʻlardi, bundan muxlislar yutadi".
Ma'lumot uchun, Abduqodir Husanov toʻp tepadigan "Manchester Siti" musobaqa 5-bosqichida "Plimut" bilan toʻqnash keladi. Mazkur bahs 1 mart kuni Toshkent vaqti bilan 22:45 da boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar