
Arda Gyuler va Abduqodir Husanov: Evropadagi doʻstona uchrashuv
Kuni kecha Evropa Chempionlar Ligasi doirasida Madridda boʻlib oʻtgan uchrashuvda turk iqtidorli futbolchisi Arda Gyuler va oʻzbekistonlik legioner Abduqodir Husanovning doʻstona quchoqlashib koʻrishgani koʻplab muxlislarning e'tiborini tortdi. Bu holat muxlislar orasida ijobiy kayfiyat uygʻotib, sportdagi oʻzaro hurmat va doʻstlik timsoliga aylandi.

“Santyago Bernabeu”dagi bahs
Mazkur oʻyinda Abduqodir Husanov toʻliq harakat qilgan boʻlsa, Arda Gyuler maydonga tushmadi. Gyuler “Qirollik klubi”dagi iqtidorini namoyish eta olsa-da, murabbiy Karlo Anchelotti unga asosiy tarkibdan doimiy joy bermayapti. Bunda Anchelottining tajribali futbolchilarga koʻproq ishonishi sabab sifatida koʻrsatiladi.
Yosh iqtidorlar imkoniyatsiz qolmoqda
Faqatgina Gyuler emas, balki braziliyalik yosh futbolchi Endrik ham etarli oʻyin amaliyotiga ega boʻlmayapti. 65 yoshli Karlo Anchelotti yosh futbolchilarga koʻproq imkoniyat berish haqidagi klub rahbariyatining iltimoslariga ham e'tibor bermayotgani aytiladi.
Nima kutilmoqda?
Gyuler va Endrik kabi yosh iqtidorlar kelajakda “Real Madrid” tarkibida oʻz oʻrinlarini topa oladimi yoki boshqa jamoaga ijaraga yuboriladimi – bu savol hozircha ochiq qolmoqda. Muxlislar esa ularning maydonda koʻproq harakat qilishlarini va oʻz mahoratlarini namoyish etishlarini intizorlik bilan kutishmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar