
Norvegiyalik shaxmatchi Rapid yoʻnalishi boʻyicha oʻtkazilgan Jahon chempionatida mojaroga sabab boʻlgan jinsi shimini kimoshdi savdosiga qoʻydi. 34 yoshli grossmeyster 28 dekabr kuni oʻyinga taqiqlangan jinsi shim kiyib kelgan edi. Natijada esa Magnus kiyinish qoidalarini buzgani va kiyim almashtirishdan bosh tortgani uchun diskvalifikatsiya qilindi. Mazkur vaziyatga shaxmatchi oʻzining fikrlarini bildirib oʻtdi.
"Taqiqlangan jinsi shimlar - endi ular sizniki boʻlishi mumkin. Men ushbu shimlarimni kimoshdi savdosiga qoʻyaman. Toʻgʻrisi, men bu soʻzlarni yozaman deb hech oʻylamagan edim. Savdodan tushgan barcha pullar "Big Brother Big Sisters" xayriya dasturiga yoʻnaltiriladi” — deya Karlsen xabar qoldirdi.
Eslatib oʻtamiz, dunyoning birinchi raqamli shaxmatchisi Nyu-Yorkda boʻlib oʻtgan musobaqa davomida qoidani buzganligi sababli, 200 AQSh dollari miqdorida jarimaga tortilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar