18:23 / 22.02.2025
6 197

U20 Osiyo Kubogi. Jahon chempionatiga yoʻl olgan ilk terma jamoa

U20 Osiyo Kubogi. Jahon chempionatiga yoʻl olgan ilk terma jamoa

20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo Chempionati chorak finalidan oʻrin olgan Saudiya Arabistoni - Xitoy bahsi boʻlib oʻtdi. Unda saudiyaliklar 1:0 hisobida zafar quchdi.

Oʻyindagi yagona gol 90+5-daqiqada Yuhaybi tomonidan kiritildi. Shu tariqa, Saudiya Arabistoni Jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

U20 Osiyo Kubogi, chorak final

Saudiya Arabistoni - Xitoy 1:0
Gol
: Al Yuhaybi 90+5.
Saudiya Arabistoni: 22.Hamed Abdullah Yusef, 12.Navaf Abdulah Al Gulaymish (6.Barnavi S. 81), 5.Muhammad Barnavi, 4.Saud Muhammad Harun, 19.Avad Muhsin Aman, 14. Farhah Al Shamroni (15.Al Yuhaybi 72), 13.Bassam Abdullah Hazazi, 17. Hussayn Al Raqvani (10.Al Gamdi Z. 81), 20.Abdulmalik Al Harbi (Al Gamdi 63), 23.Tamer Fathi Al Haybari (Haji 72), 11.Saad Haqavi.
Xitoy: 1.Lyu Kivei, 23.Yan Sin, 5.Pen Syao, 4.Shi Sonchen, 3.Xe Yiran, 6.Maimaiti (13.Ksion 87), 8.Chen Zeshi, 7.Mao (Van Yifan 78), 10.Kuai Jiven, 11.Van, 9.Lyu Chenyu.
Ogohlantirishlar: Barnavi 68, Harun 73 - Yan Sin 90.

Saudiya Arabistoni yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritib, Chilida oʻtkaziladigan jahon chempionatida ishtirok etish huquqiga ega boʻldi. Saudiyaliklar yarim finalda Oʻzbekiston - Koreya Respublikasi juftligi gʻolibi bilan maydonga tushadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport