15:08 / 23.02.2025
100

Angliyada kun oʻyinlari: Reshford Emerining qoʻl ostida jonlanmoqda (video)

Angliyada kun oʻyinlari: Reshford Emerining qoʻl ostida jonlanmoqda (video)
Shanba oqshomida Angliya futbolida roʻy bergan asosiy voqealar, oʻyinlardagi gollar va turnir jadvalidagi vaziyat bilan quyida tanishishingiz mumkin.

«Everton» — «Manchester Yunayted» 2:2
Gollar
: Betu (19), Dukure (33) — Fernandesh (72), Ugarte (80).
«Everton» — Pikford, O'Brayen, Tarkovski, Brentueuyt, Mikolenko, Garner (Ayrogbunam, 81), Guye, Lindstrem (Yang, 54), Dukure (Alkaraz, 81), Harrison, Betu.
«Manchester Yunayted» — Onana, Dalot, Mazraui (Yoro, 71), Maguayr, De Ligt, Dorgu, Kazemiro (Garnacho, 62), Ugarte, Fernandesh, Zirkze, Hoylund (Obi, 70).
Ogohlantirishlar: O'Brayen (45+3), Garner (63), Yang (79), Obi (90).

Inqiroz holatidagi «MYu» «Everton»ga qarshi oʻyin oldidan turnir jadvalida ushbu raqibdan pastda edi. Oʻyindan keyin ham bu holat oʻzgarmadi. Mersisaydliklar Devid Moyes boshqaruvida kuchli oraliqni oʻtkazmoqda. Yaqinda «Gudison Park»da «Liverpul» gʻalabaga erisha olmagandi (2:2), endi «irislar» «qizil iblislar» darvozasiga birinchi boʻlimdayoqi ikkita gol urdi, mehmonlar mudofaasi Betuga qarshi chora topa olmadi. Avvaliga — burchak zarbasidan keyin toʻp jarima maydonida ushlanib qoldi va ushbu forvard toʻpga yakuniy zarbani berdi. Keyin esa Betu qarshi hujumda Harrisonni toʻp bilan ta'minladi, u esa Maguayrni aldab oʻtib zarba berdi. Onana uning zarbasini toʻsdi, ammo qaytgan toʻpga birinchi boʻlib Dukure etib keldi.

Tanaffusgacha 2:0 hisobidan keyin «Yunayted» muxlislarida amalda magʻlubiyatdan qutulib qolish umidi yoʻq edi, ammo bu safar Ruben Amorim shogirdlaridan qisman rozi boʻlishi mumkin. Uning jamoasi ikkinchi boʻlimda burilish yasadi va oʻyinning oxirgi qismini juda yorqin oʻtkazdi, bu daqiqalarda Brunu Fernandesh oʻzini koʻrsatdi. Sardor avvaliga jarima zarbasidan chiroyli gol urdi, «iblislar» APLda oxirgi marta 2022 yil aprelida, Krishtianu Ronalduning zarbasi bilan shunday gol urishgandi. Keyingi standartda — Brununing uzatmasidan keyin — Ugarte hisobni tenglashtirdi. Va hisob 2:2 holatida Pikford Fernandeshning zarbasidan keyin toʻsin ostiga borayotgan toʻpni qaytarib qoldi.

Bunday stsenariyda «MYu» navbatdagi magʻlubiyatini qabul qilishini tasavvur qilish qiyin edi. Holbuki bunday ehtimol ham yuzaga keldi, chunki qoʻshimcha daqiqalarda — Onananing yana bir ajoyib seyvidan keyin — jarima maydoni ichida «Yunayted»ning shonli davrlaridagi sobiq futbolchisi Eshli Yang gazonga quladi. Bosh hakam avvaliga 11 metrlik nuqtani koʻrsatgandi, lekin videotakrorda faxriy futbolchi aktyorlik san'atini namoyish etgani koʻrinib qoldi va monitorga borgan referi oʻz qarorini oʻzgartirdi. Adolat gʻalaba qozondi, psixologiya nuqtayi nazaridan bu durang «MYu» uchun amalda gʻalabaga teng boʻldi.

«Arsenal» — «Vest Hem» 0:1
Gol
: Bouen (44).
«Arsenal» — Rayya, Kalafiori (Lyuis-Skelli, 56), Gabriel, Saliba (Uayt, 86), Timber, Rays (Zinchenko, 56), Parti, Edegor, Trossar, Merino, Nvaneri (Sterling, 81).
«Vest Hem» — Areolya, Skarlz, Uan-Bissaka, Kressuell, Kilmen, Todibo (Mavropanos, 62), Alvares (Soler, 88), Uord-Prouz, Souchek, Quddus, Bouen (Fergyuson, 82).
Ogohlantirishlar: Todibo (61), Skarlz (78), Parti (86), Uord-Prouz (90+10).
Chetlatish: Lyuis-Skelli (73).

«Arsenal» soʻnggi vaqtlarda barqaror emas. Avval «Manchester Siti»ni yirik hisobda tor-mor etdi (5:1), keyin «Nyukasl» magʻlub boʻlib (0:2) Angliya ligasi kubogini tark etdi. Jamoa hujum chizigʻida ulkan muammolar yuzaga kelgan, jamoada amalda nominal forvard yoʻq. Oʻtgan turda Lesterga qarshi oʻyinda raqib tayanch yarimhimoyachisi Merinoni hujum markaziga tashlash orqali gʻalabaga erishilgandi. Ammo autsayderni Grem Potter boshqaruvida jonlana boshlagan «Vest Hem» bilan solishtirib boʻlmaydi. Shanba kuni «bolgʻachilar» himoyada sifatli harakatlandi, birinchi boʻlim oxirida esa «kanonirlar»ni qarshi hujumda jazoladi.

Van-Bissaka qanotda Kalafioridan ustun keldi, uning jarima maydoniga uzatmasidan keyin esa mezbonlarning ikki himoyachisi dogʻda qoldyui. Aniqrogʻi ular bir-biriga ishonib qoldi va bundan Bouen foydalanib ketdi. U endi Antoniodan keyin «Vest Hem»ning APLda 50 ta gol urgan ikkinchi futbolchisi boʻldi. Ikkinchi boʻlim oʻrtalarida Mikel Artetaning muammolari yanada ortdi. Kalafiorining oʻrniga tushirilgan 18 yoshli Lyuis-Skelli maydon markazida toʻp uchun kurashda Quddusni yiqitdi.

Muammo shundaki, londonliklarning boshqa bir himoyachisi yosh sherigi bilan bir chiziqda turgan boʻlsa-da, narigi qanotga yaqinroq joylashgandi va u raqibga etib olishi dargumon edi. Darvozabon Rayya esa darvozasidan taxminan 35 metr masofaga uzoqqa chiqib ketgandi. Shunday ekan, avvaliga sariq kartochka koʻrsatgan hakam monitorga borganidan keyin qarorini oʻzgartirib, mezbonlar futbolchisini maydondan chetlatdi. Bu «Arsenal» futbolchilari uchun joriy mavsumdagi beshinchi qizil kartochka boʻldi. Shu tariqa, «kanonirlar» «Liverpul» bilan oradagi farqni qisqartirib olish imkoniyatidan foydalana olmadi va amalda chempionlik uchun kurashdan chiqdi. «Bu APLda kerak boʻlgan darajadan pastroq», — dedi oʻyindan keyin Arteta. Potter esa faoliyatida «Emireyts»dagi besh oʻyindan toʻrtinchi gʻalabasini nishonladi. U «Arsenal» maydonidagi gʻalabalar foizi boʻyicha peshqadam, son boʻyicha faqat Xosep Gvardiola (8) va Yurgen Klopp (6)dan ortda.

«Ipsvich» — «Tottenhem» 1:4
Gollar
: Hatchinson (36) — Jonson (18, 26), Spens (77), Kulusevski (84).
«Ipsvich» — Palmer, Devis, Grivz, OShi, Godfri (Vulfenden, 46), Kayuste (Teylor, 52), Fillips (Morsi, 80), Klark (Broudhed, 68), Hatchinson, Filojin-Baydeys, Delap (Herst, 79).
«Tottenhem» — Vikario, Udoji (Porro, 65), Danzo, Grey, Spens, Bergvall (Bissuma, 85), Bentankur, Kulusevski, Son (Odober, 74), Tel (Skarlett, 74), Jonson (Meddison, 64).
Ogohlantirishlar: Jonson (15), Klark (32), Godfri(40).

Asosiy futbolchilar sogʻayib, formaga kirib borishi bilan «Tottenhem» ham asta-sekin oʻziga kelmoqda. «Shporlar» oʻzining haqiqiy kuchini Ipsvichdagi uchrashuv koʻrsatdi, u erda birinchi boʻlim oʻrtalarida Jonson Son Hyong Min yordamida ikki gol urdi. Keyin hisob qisqardi va bir muncha vaqt vaziyat qaltis boʻlib turdi, ammo oʻyin oxirida Angelos Postekogluni yoshlarning faxriylar bilan uygʻunlikdagi harakatlari mamnun qildi. Meddison Spensga APLdagi ilk golini urishga yordam berdi, zaxiradan maydonga tushgan Skarlett esa Kulushevskiga assistentlik qildi. Shu tariqa, «Tottenhem» mavsumda ilk bor chempionatda ketma-ket uch oʻyinda gʻalaba qozondi.

«Aston Villa» — «Chelsi» 2:1
Gollar
: Asensio (57, 89) — Fernandes (9).
«Aston Villa» — Martines, Matsen, Mingz (Bogard, 59), Konsa, Kesh (Garsiya, 70), Tilemans, Makginn, Remzi (Reshford, 46), Asensio, Rojers (Malen, 78), Uotkins (Beyli, 77).
«Chelsi» — Yorgensen, Kukurelya, Koluill, Chaloba (Adarabioyo, 8), Gyusto, Kaysedo, Jeyms, Nkunku (Sancho, 76), Fernandes, Palmer, Netu.
Ogohlantirishlar: Fernandes (56), Makginn (69), Nkunku (72), Kaysedo (89).

«Chelsi»ning yaqinda Entso Mareska tilga olgan EChLga qaytish orzulari quyosh tigʻidagi qor kabi erib bormoqda. Odatdagidan farqli oʻlaroq Entso Fernandesning goli ham gʻalabani ta'minlay olmadi. Toʻqqizinchi daqiqadayoq argentinalik hujumchi tezkor qarshi hujumga qoʻshilgan va Pedru Netuning qanotdan uzatmasini golga aylantirgandi. Ammo bu safar londonliklar hisobdagi ustunlikni saqlab qololmadi. «Chelsi» bu mavsumda toʻrtinchi marta tanaffusga qadar hisobda oldinda borgan oʻyinlarida gʻalabaga erisholmadi (=2-2).

Jamoa oʻyiniga birinchi boʻlimda himoyachi Chaloba jarohat olgani ham ta'sir koʻrsatgan boʻlishi mumkin. Ammo «Aston Villa» ham xuddi shu sabab tufayli Mingzni yoʻqotdi. Faqat Unai Emeri ixtiyorida nisbatan sifatli zaxira oʻrindigʻi bor va ikkinchi boʻlimda qishda olib kelingan futbolchilar oʻyinni oʻzgartirishdi. Avvaliga rikoshetdan foydalanib toʻpga ega chiqqan Reshford uni boʻsh darvoza qarshisiga yumalatib berdi, soʻnggi daqiqalarda esa Markus yana bir bor Asensioning goliga hammualliflik qildi, gʻalaba golida londonliklar darvozaboni Yorgensenning qoʻpol xatosi ham muhim rol oʻynadi. Birinchi davrada chempionlik uchun kurashib koʻrgan «Chelsi» endi oltinchi oʻrinda qolmoqda, «Villa» esa bir ochkolik farq bilan ta'qib eta boshladi.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport