
"Shaharliklar" sobiq a'zosi Pol Dikov "Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Xusanovning "Liverpul"ga qarshi (0:2) Angliya Premer-ligasi 26-tur oʻyiniga baho berdi.
"Manchester Siti"ning sobiq hujumchisi Pol Dikov jamoa himoyachisi Abduqodir Husanovning Angliya Premer-ligasi 26-turida "Liverpul"ga qarshi oʻyindagi (0:2) harakatlarini yuqori baholadi.
Matchday LIVE efirida soʻzga chiqqan Dikov, 20 yoshli oʻzbekistonlik futbolchi jamoasi magʻlub boʻlganiga qaramay, maydonda ajoyib oʻyin koʻrsatganini ta'kidladi.
Husanovning rekord koʻrsatkichlari
Ma'lumotlarga koʻra, Husanov mazkur oʻyinda ikkita muhim statistik koʻrsatkich boʻyicha eng yaxshi natija qayd etgan:
✅ Toʻpga eng koʻp tegish – 102 marta
✅ Paslar aniqligi – 99%
Shuningdek, u APLning 26-turida toʻp uchun kurashda eng koʻp (12 marta) gʻolib chiqqan futbolchi sifatida qayd etildi.
Dikov kim?
Eslatib oʻtamiz, Pol Dikov oʻz faoliyati davomida "Arsenal", "Manchester Siti" va boshqa klublar safida toʻp surgan. Shuningdek, u Shotlandiya terma jamoasi tarkibida 10 ta oʻyin oʻtkazgan.
Husanovning bunday yuqori darajadagi oʻyini uning kelajakda Angliya chempionatida muhim figuraga aylanishidan dalolat beradi.
Manba: Matchday LIVE “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar