01:42 / 25.02.2025
19

Shomurodovdan gol+pas! «Roma» – «Montsa»da Eldor porlayapti! (video)

Shomurodovdan gol+pas! «Roma» – «Montsa»da Eldor porlayapti! (video)
Italiya A Seriyasining 26-turi doirasida «Roma» – «Montsa» bahsi davom etmoqda. Oʻyinning ilk taymidanoq Oʻzbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov oʻzining ajoyib oʻyini bilan muxlislarni xushnud etmoqda!

Uchrashuvning 10-daqiqasida «Roma» futbolchisi Aleksis Salemakers Messi uslubida juda chiroyli gol urdi. U toʻpni chap oyogʻi bilan uzoq burchakka yoʻlladi – 1:0!

Muhim jihati shundaki, toʻp unga aynan Eldor Shomurodov tomonidan uzatildi, bu esa forvardga rasmiy assist olib keldi!

Uchrashuvning 32-daqiqasida Eldor Shomurodovning oʻzi ham gol muallifiga aylandi! U qanotdan berilgan aniq uzatmani boshi bilan darvozaga joylab qoʻydi – 2:0!

Shu tariqa, Shomurodov oʻyinning ilk taymidayoq gol+pas natijasini qayd etdi va jamoasi gʻalabasiga muhim hissa qoʻshmoqda.

Uchrashuvda hali ham kurash qizgʻin ketmoqda. Eldor Shomurodovning yana gol yoki assist qayd etishi ehtimoli yuqori!

Muxlislar ushbu oʻyinda Eldorning yanada yuqori natija qayd etishini kutmoqda!

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport