
“Liverpul”ning yetakchi futbolchilari biri hisoblangan Muhammad Saloh o‘zining bu mavsumdagi formasi haqida gapirib o‘tdi.
“Men o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Shu bilan birga, eng yaxshi formamda ekanligimni ham bilyapman. Men nafaqat yaxshilanishga, balki atrofimdagi o‘yinchilarni ham rivojlanishiga yordam bermoqchiman. Bu ham o‘sishning bir qismidir. Siz hamma yaxshi o‘ynashini xohlaysiz. Sababi, siz o‘z kuchingiz bilan ligani yuta olmaysiz.
Men so‘nggi bir necha oy davomida, ehtimol, mavsum boshidan beri, sheriklarimning o‘yin uslubini o‘rganishga harakat qildim. Ilgari, yoshligimda o‘zimga ko‘proq e’tibor qaratardim. Hozirgi kunda barcha futbolchilarning statistikasi avvalgi mavsumlarga qaraganda yaxshiroq. Bundan tashqari, men joriy mavsum ko‘proq golli uzatmalarni ham amalga oshirdim, demak, men ularga juda ko‘p yordam beryapman" – dedi mersesaydliklar vingeri.
Ma’lumot o‘rnida, misrlik hujumchi bu mavsum 38 ta bellashuvda maydonga tushib, 30 ta gol va 21 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar