
Yevropa Ligasi 1/8 finalining ilk uchrashuvida "Latsio" safarda "Viktoriya" ustidan 1:2 hisobida g‘alaba qozondi. Rim klubi 18-daqiqada Alessio Romanoli urgan gol bilan oldinga chiqdi. Ikkinchi bo‘limda "Viktoriya" hujumlari kuchayib, 53-daqiqada Rafi Durosinmi hisobni tenglashtirdi. Ammo "Latsio" oxirigacha kurashni davom ettirdi va qo‘shib berilgan vaqtda Gustav Tang Isaksenning goli evaziga muhim g‘alabaga erishdi.
O‘yin statistikasi:
• Udarlar: Viktoriya – 10, Latsio – 10
• Udarlar darvoza tomon: Viktoriya – 4, Latsio – 4
• To‘p nazorati: Viktoriya – 57%, Latsio – 43%
• Paslar: Viktoriya – 449, Latsio – 350
• Paslar aniqligi: Viktoriya – 80%, Latsio – 77%
• Fol: Viktoriya – 16, Latsio – 13
• Burchak zarbalari: Viktoriya – 7, Latsio – 2
Rim klubi javob o‘yini oldidan muhim ustunlikni qo‘lga kiritdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar