
Qatar hukumati 2022 yilda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati vaqtida Doha ko‘chalari va boshqa jamoat joylarida spirtli ichimlar iste’mol qilish taqiqlanishini e’lon qildi. Bu haqda Sof.uz sayti yozmoqda.
Yangi qaror musobaqa vaqtida stadionlarni to‘ldirishi kutiladigan xorijlik muxlislarga xush yoqmasligi aniq. FIFAning Qatardagi jazirama harorat tufali musobaqani qish fasliga ko‘chirish haqidagi qarori dunyo jamoatchiligida norozilik uyg‘otgan edi.
Jahon chempionatini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita bosh kotibi Hasan as-Savadiy «Ash-Sharq» gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qilishicha, «ko‘chalar, maydonlar va jamoat joylarida» spirtli ichimlar iste’moli taqiqlanadi. Bosh kotib janoblari bu so‘nggi qaror ekanligini ham eslatib o‘tgan.
Ma’lum bo‘lishicha, spirtli ichimliklar ichishga jamoat joylaridan tashqari hududlarda ruxsat etiladi. Ma’lumot uchun, Qatar qonunchiligida spirtli ichimliklar butkul taqiqlanmagan. Faqatgina jamoat joylarida ichish yoki ko‘chada mast holda yurishga ruxsat etilmaydi. Mamlakatda yashovchi chet el fuqarolari spirtli ichimliklar iste’mol qilishga ruxsatnoma olishlari mumkin va shundagina mehmonxonalar ularni spirtli ichimliklar bilan ta’minlashi mumkin bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar