22:35 / 16.03.2025
136

"Rizespor" bayonoti: Husniddin Aliqulovning burni va yanoq suyagi singan

"Rizespor" bayonoti: Husniddin Aliqulovning burni va yanoq suyagi singan
Bugun "Rizespor" Turkiya Superligasi 28-turida "Bodrumspor"ga qarshi bahs yuritib, 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Uchrashuv "Rizespor" va O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi uchun omadsiz yakun topdi. 22-daqiqada avtogol qayd etgan Aliqulov 44-daqiqada raqib bilan kurash chog‘ida jiddiy jarohat oldi.

"Bodrumspor" bilan bahsning 44-daqiqasida raqib bilan kurashib, jarohat orttirib olgan futbolchimiz Husniddin Aliqulov Rajab Toyib Erdo‘g‘an nomidagi universitet ta’lim va tadqiqot shifoxonasida dastlabki tekshiruvdan o‘tkazildi. Natijada uning burni va yanoq suyagida sinish aniqlandi, davolanish jarayoni esa boshlandi.

"Aliqulovga salomatlik tilaymiz va tezroq safimizga qaytishiga umid qilamiz", – deyiladi Turkiya klubi bayonotida.


Manba: caykurrizespor.org.tr

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport