12:04 / 20.03.2025
3 660

Gvardiola yozda 200 million yevroga ikki yulduzni sotib olishni rejalashtirmoqda

Gvardiola yozda 200 million yevroga ikki yulduzni sotib olishni rejalashtirmoqda
Manchester Siti” mavsum yakunlanishi bilan tarkibini sezilarli darajada kuchaytirishni rejalashtirgan. Jamoa rahbariyati va bosh murabbiy Xosep Gvardiola yozgi transferlarga 200 million yevro ajratgan. Bu mablag‘ga ikki futbolchi — bitta hujumkor yarim himoyachi hamda bitta qanot himoyachisi jamoaga jalb qilinadi.

Birinchi nomzod Germaniyaning “Bayer Leverkuzen” klubi yulduzi Florian Virs. Yosh futbolchi Yevropa futbolida eng istiqbolli futbolchilardan biri sifatida ko‘riladi. Virs maydondagi aqlli o‘yini, ajoyib texnikasi va hujumkor harakatlari bilan Gvardiolaning uslubiga ideal tarzda mos tushadi.

Ikkinchi futbolchi sifatida esa “Yuventus” himoyachisi Andrea Kambyasoga ko‘z tashlangan. Uning tezkorligi va universalligi — ham himoyada, ham hujumda samarali harakat qilish qobiliyati ispan murabbiyni o‘ziga jalb qilgan. Gvardiolaning qanot himoyachilariga qo‘yadigan yuqori talablarini hisobga olsak, Kambyaso "Manchester Siti" tarkibiga ajoyib qo‘shimcha bo‘lishi mumkin.

Joriy mavsum "Siti" tarkibida ayrim tajribali o‘yinchilarning davri oxirlab borayotganini e’tiborga olsak, bu ikki yosh iqtidor sohibi klub kelajagiga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Shunday qilib, "shaharliklar"ning yozgi transfer rejalari muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda va kelgusi mavsumda jamoaning yanada kuchayishini kutishmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gvardiola yozda 200 million yevroga ikki yulduzni sotib olishni rejalashtirmoqda